
Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O‘zbekiston futzal terma jamoasi Kuvaytga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi.
Qayd etish kerak, ikkinchi bahsda ham termamiz o‘z ustunligini namoyish qilgan holda 4:2 hisobida g‘alabaga erishdi. Unda Elbek To‘lqinov hamda Husniddin Nishonov bir martadan gol urgan bo‘lsa, darvozabon Abbos Elmurodov dubl qayd etdi.
Kuvayt - O‘zbekiston 2:4
Gollar: Elbek To‘lqinov, Xusniddin Nishonov, Abbos Elmurodov (dubl).
O‘zbekiston: Ravshan Eliboyev, Ixtiyor Ropiyev, Ilhom Hamroyev, Xusniddin Nishonov.
Zaxiradagilar: Rustam Umarov, Abbos Elmurodov, Anasxon Rahmatov, Mashrab Odilov, Avazbek Abduvaliyev, Akbar Usmonov, Shahram Faxriddinov, Hayrulla Solihov, Aslbek Isroilov, Davlat Ibragimov.
Tomonlarning dastlabki o‘rtoqlik o‘yinida termamiz 4:3 hisobida g‘alaba qozongandi.
Manba: O‘FA matbuot xizmati
O‘zbekiston FutzalKuvayt O‘yiniBahodir AhmedovElbek To‘lqinovAbbos ElmurodovG‘alaba Qozonish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar