
Coca Cola O‘zbekiston kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan "Surxon" – "Nasaf" (1:2) o‘yinidan so‘ng qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev fikrlarini bildirdi.
- O‘yin haqida
- O‘yinni nazorat qildik. Birinchi golimizdan keyin ko‘plab vaziyatlarni yaratdik, biroq undan foydalana olmadik. Himoyachilarimizning xatosi tufayli to‘p o‘tkazib yubordik. Ular boshqa vaziyatlarda deyarli xato qilishmadi.
Bugungi g‘alabada asosiy omil ikkinchi taymdagi ajoyib harakatlarimiz bo‘ldi. 2:1 hisobida oldinda borayotganimizda ham vaziyatlar yaratishga harakat qildik. Asosiysi, keyingi bosqichga chiqdik. Barcha muxlislarimizni tabriklaymiz!
- "Surxon" jamoasining bugungi o‘yini haqida nima deya olasiz?
- Albatta, "Surxon"ning o‘yinlarini o‘rgangandik. Ispaniyalik murabbiy ancha vaqtdan beri faoliyat olib boryapti. Ko‘proq uzun paslar orqali o‘ynashini bilardik. Shu bois 3 ta markaziy himoyachi bilan o‘ynadik va bu bizga qo‘l keldi.
Coca ColaO‘zbekiston KubogiSurxon NasafRo‘ziqul BerdiyevO‘yinni NazoratUzun Paslar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar