BAAning Abu-Dabi shahrida shaxmat bo‘yicha “28th Abu-Dabi International Chess Festival” xalqaro turniri o‘z yakuniga yetdi. Musobaqada 31 mamlakatdan kelgan 148 nafar shaxmatchi g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.
Ular orasida FIDЕ tasnifida yuqori o‘rinlarni egallab turgan xitoylik Vang Xao (2735 reyting ochkosiga ega), rossiyalik Yevgeniy Tomashevskiy (2702), Hindiston vakili Arjun Erigaisi (2689) kabi ancha nomdor grossmeysterlar ham bor edi.
Xalqaro turnirda qatnashgan iste’dodli shaxmatchimiz Javohir Sindarov 9 imkoniyatdan 7 ochko jamg‘ardi va yakunda 2-o‘rinni egalladi. 1-pog‘onani esa 7,5 ochko jamg‘argan hindistonlik Arjun Erigaisi band etdi. Kuchli uchlikka Niderlandiya vakili Jorden Van Forest yakun yasab berdi.
Shuningdek, Abu-Dabi turnirida yana bir nechta shaxmatchimiz o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Unga ko‘ra, Nodirbek Yoqubboyev 6,5 ochko bilan 5-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, 6 ochko jamg‘argan Shamsiddin Vohidov 20-pog‘onani band etdi. 5,5 ochko to‘plagan Nilufar Yoqubboyeva 40-pog‘onani egalladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar