
So‘nggi kunlarda O‘zbekiston terma jamoasi va "Al-Nassr" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov Misrning "Al-Ahli" klubiga o‘tishi haqidagi xabarlar tarqalgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi shartnomasi so‘nggiga qadar riyodliklar safida qolishga qaror qilgan. "Al-Ahli"ning jiddiy qiziqishi sababli transfer keyinroq yana ko‘rib chiqilishi mumkin.
Bugundan Saudiya Arabistoni chempionati start oladi. "Al-Nassr" dastlabki turda "Al-Vehda" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Legionerimiz jarohati sababli ushbu bahsni o‘tkazib yuboradi. Masharipov Ispaniya yig‘ini doirasida belidan jarohat olgandi.
Bizga ma’lum bo‘lishicha, vakilimiz katta ehtimol bilan O‘zbekiston terma jamoasining Kamerun va Kosta-Rikaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini ham o‘tkazib yuboradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar