Coca Cola Superligasi 17-turi doirasidagi "Dinamo" - "Bunyodkor" (1:2) o‘yinidan keyin Viktor Karpenko o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- "Jamoamiz yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. 1-taymda yana keraksiz golni o‘tkazib yubordik. Ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘lib, gol urdik va o‘yin bo‘yicha bugun g‘alabaga haqli edik, bu ko‘rinib turibdi. Ammo ko‘plab vaziyatlar, inobatga olinmagan gol va noaniq penalti – bu bizning og‘riqli nuqtamiz. Uyimizda ham penaltini ura olmagandik, endi safarda ham bu yuz berdi. Yigitlarga tasanno, ularga rahmat. Shuningdek, Toshkentdan bizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislarimizga alohida minnatdorchilik bildirmoqchimiz. Yigitlar g‘alabaga chanqoqligi ko‘rinib turgandi, ishqibozlarimizga ham maydondagi harakatlarimiz orqali ko‘rsatgan o‘yinimiz ma’qul keldi", - dedi Viktor Karpenko.
- Bugun siz uchun oxirgi o‘yin bo‘lishi mumkinligini aytgandingiz. Oxirgi imkoniyat bo‘lishi va futbolchilaringiz shuni bilgan holda harakat qilishdi. Bu to‘g‘rimi?
- Vazifani vaqtincha bajaruvchi lavozimda ekanligimni tushunishingiz kerak. Birinchi yoki oxirgi o‘yinmi, men murabbiy vazifasini bajarmoqdaman. Menda bosh murabbiy uchun shartnoma yo‘q. O‘z ishimni qilyapman. Rahbariyat esa meni bosh murabbiy etib tayinlashi yoki o‘rnimga tajribaliroq mutaxassisni olib kelishni hal qiladi. Yigitlarga maydonda qanday harakat qilish kerakligini o‘rgatyapman, ayrim jihatlar o‘xshamoqda, boshqalari yo‘q. Har bir keladigan murabbiy ist’efoga tayyor turishi kerak, chunki abadiy hech narsa bo‘lmaydi. Har doim natijalar yoki jamoaviy o‘yin ma’qul kelmaydi, shu tufayli kuchliroq mutaxassisni izlashadi. Fikrimcha, bugun yigitlar “Bunyodkor” uchun o‘ynashdi, chunki endi pasayishga haqqimiz yo‘q. Bugun futbolchilar men so‘ragan futbolni namoyish etishdi: qo‘rqmaslik va futboldan zavq olish. Ular buni uddalashdi. Bugun biz uchrashuvning o‘zidan va o‘yinchilarning harakatlaridan zavqlandik. Bu futbolchilar va murabbiy uchun eng oliy maqtov hisoblanadi.
- Chindan ham “Bunyodkor”ning yosh futbolchilari o‘yindan zavq olganini kuzatdik. Ko‘rdikki, Umarali jamoangizda asosiy rolni bajarmoqda, u “Rubin” qiziqishlari doirasida. Murabbiy sifatida uni yo‘qotish sizga qanday ta’sir ko‘rsatadi: salbiy yoki ijobiy?
- Umaralini o‘zim o‘rinbosarlar jamoasiga olib kelganman. Va murabbiy uchun shogirdining kuchliroq jamoaga o‘tishi katta yutuq hisoblanadi. Rivojlanishda davom etishimiz kerak. Qancha ko‘p legionerlarimiz bo‘lsa, ular kuchli chempionatlar va yaxshi jamoalarda o‘ynasa, bu terma jamoamiz uchun ham foyda bo‘ladi. Biz esa o‘yinchilarimiz darajasi o‘sishi, Yevropaning yetakchi klublarida o‘ynashi tarafdorimiz. Buni uddalay olamiz, ammo buning uchun murabbiylar shtabi bilan yanada yaxshiroq ish olib borishi lozim. U akademiyamiz tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Rubin”ning quyi divizionga tushib ketgani yaxshi bo‘lmadi, lekin ular keyingi yil yuqori elitaga qaytishsa kerak va Umar bu jamoada yuksalib boradi. Bu o‘zbek futboli uchun faqatgina foyda keltiradi.
- Aynan Umaralining zaxiraga olinishi, bu nima bilan bog‘liq?
- Qaror qabul qilib bo‘lingandi va zaxiraga olindi. Bu uning penaltini ura olmagani bilan bog‘liq emas. Penaltidan kimdir gol uradi, kimdir esa yo‘q. O‘yin bo‘yicha hech kimga e’tiroz yo‘q, asosiy tarkibda maydonga tushganlar va zaxiradan o‘yinga qo‘shilganlarga ham. Hamma ter to‘kdi, kurashdi va rohatlandi. Bu esa o‘yindagi eng muhim jihat edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar