
Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh mijozini Yevropa chempionlar ligasida qatnashadigan jamoalarga taklif qilyapti.
“Napoli” bu mutaxassis bilan hamkorlik qilishga tayyor. Buning uchun Mendesh “Manchester Yunayted” neapolliklar hujumchisi Viktor Osixenni sotib olishga ko‘ndirishi kerak.
Yaqinda Italiya klubi nigeriyalik hujumchini 100 million yevroga baholayotgan edi. Qolaversa, manchesterliklar Ronalduni ijaraga jo‘natib, maoshining 85 foizini to‘lashi borasida kelishuv taklif qilingandi.
“Napoli” rahbariyati vaziyatdan maksimal darajada unumli foydalanib qolmoqchi. Ular Viktor Osimxen uchun endi 130 million yevroga Krishtianu Ronalduni qo‘shib berishni so‘ramoqda.
Agar “Manchester Yunayted” shu shartga rozi bo‘lsa, italiyalik darhol muzokarani boshlashga tayyorligi aytilmoqda.
“Manchester Yunayted”ga Krishtianu Ronaldudan qutilish juda qimmatga tushadigan ko‘rinadi.
Krishtianu RonaldoJorje MendeshYevropa Chempionlar LigasiNapoli KlubiViktor OsimxenManchester Yunayted O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar