Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 4-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 30 avgust, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
«Roma» o‘z maydonida «Monsa»ni qabul qildi. Uchrashuvning 18-daqiqasida Paulo Dibala hisobni ochdi. 32-daqiqada Dibala o‘z hisobiga dublni rasmiylashtirdi. 61-daqiqada Rojer Ibanez gol urib, rimliklarning yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi. Eldor Shomurodov uchrashuvda maydonga tushmadi.
«Inter» esa «Kremoneze» bilan bahs olib bordi. Milanliklar raqibini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. «Nerazzurilar» safida Xuakin Korrea, Nikolo Barella va Lautaro Martines o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, «Kremoneze» safida David Okereke gol muallifiga aylandi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Joze Mourino shogirdlari 10 ochko bilan musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. «Inter» esa 9 ochko bilan 2-o‘rinni band etdi.
«Roma» – «Monsa» 3:0
Gollar: 1:0 – 18 Dibala, 2:0 – 32 Dibala, 3:0 – 61 Rojer.
«Roma»: Ruy Patrisiu, Chelik, Manchini, Kumbula (Smolling, 28), Rojer, Matich, Kristante, Pellegrini (Bove, 80), Dibala (Ash-Shaaravi, 65), Abraham (Belotti, 80), Zalevski (Spinassola, 66).
«Monsa»: Di Gregorio, Birindelli, Marrone (Molina, 46), Kaldirola, Marlon, Karlos Augusto, Sensi (Bondo, 84), Pessina (Kolpani, 62), Machin, Kaprari (Mota, 63), Petanya (Churria, 62).
Ogohlantirishlar: Machin (20), Marlon (40), Churria (77).
«Inter» – «Kremoneze» 3:1
Goli: 1:0 – 12 Korrea, 2:0 – 38 Barella, 3:0 – 76 Martines, 3:1 – 90 Okereke.
«Inter»: Handanovich, Dumfris (Bellanova, 79), de Vrey, Shkrinyar, Dimarko (D’Ambrozio, 72), Darmian (Gozens, 79), Brozovich (Aslani, 72), Chalhano‘g‘lu, Barella, Jeko, Korrea (Martines, 55).
«Kremoneze»: Radu, Byanketti, Lochoshvili (Vaskes, 67), Ayvu (Kastanetti, 81), Kualyata (Valeri, 67), Gilone, Eskalante, Pikel, Askasibar (Zanimakkya, 46), Dessers (Di Karmine, 67), Okereke.
Ogohlantirishlar: Dessers (50), Ayvu (66), Vaskes (79). “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»