Kecha Superliganing 17-turidan o‘rin olgan "Nasaf" — “Lokomotiv” uchrashuvining so‘ngi daqiqalarida “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyevning uchrashuv bosh hakamiga e’tiroz bildirgani bugun OAV va keng jamoatchilikda keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Ushbu voqeaga Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi direktori, "Nasaf" futbol klubi prezidenti Shuxrat Aslanov ham o‘z munosabati bildirdi.
- “Ro‘ziqul Berdiyev o‘zi xohlagan muddatgacha klubda faoliyat olib boradi. Klub rahbariyati Ro‘ziqul Berdiyev va murabbiylar shtabiga to‘liq ishonadi. "Nasaf" Ro‘ziqul Berdiyev bilan O‘zbekiston chempionatining to‘rt karra bronza, ikki karra kumush medallari, ikki karra O‘zbekiston Kubogi va bir marta O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritganini jamoamiz muxlislari esdan chiqarmasliklari kerak deb o‘ylayman. Kechagi bellashuvdan so‘ng “Nasaf” va uning atrofida klub nomi orqali o‘ziga e’tiborni jalb qiluvchilar ko‘payganligi va bu aynan klubning oxirgi yillardagi omadli ishtiroki sababli deb bilaman. So‘nggi paytlarda klubimiz haqida "qayg‘urayotgan" turli futbol "bilimdon" laridan maslahatlardan biroz tiyilishlarini so‘rab qolardim.
- Jamoamiz joriy mavsumda milliy chempionatimizda chempionlik uchun kurashmoqda va bu yilgi chempionat har qachongidan ham qizg‘in kechmoqda. Jamoa xalqaro maydonda ham yurtimiz sharafini munosib himoya qildi va pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Shu sababli jamoamizning haqiqiy muxlislaridan biroz sovuqqon bo‘lishlarini, har qanday holatda ham futbolchilar va murabbiylar shtabini qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rab qolaman. Zero, haqiqiy muxlis, omad kelmaganida ham o‘z sevimli jamoasini qo‘llab-quvvatlashi lozim”, - deydi klub prezidenti. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»