
Qatar Yulduzlar ligasining navbatdagi turida “Al-Garafa” safarda “Al-Ahli Doxa” bilan bellashdi. Ushbu uchrashuvda “Al-Garafa” bosh murabbiyi Andrea Stramachchoni hamyurtimiz Islom To‘xtaxo‘jayevni doimgidek asosiy tarkibda maydonga tushirdi. O‘yin juda asabiy kechdi va shu bilan birga jiddiy kurashlar ostida kechdi.
Bahs 3:3 hisobida yakunlandi va bundan tashqari yana 3 ta qizil kartochka ko‘rsatildi. Buni legionerimiz To‘xtaxo‘jayev boshlab berdi. 36-daqiqada raqib hujumini oxirgi fol chorasi sifatida to‘xtatib qolgani uchun bosh hakam Islomga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi. Bu paytga kelib uning jamoasi 0:1 hisobida oldinda edi. Biroq hamyurtimiz maydondan chetlatilishi bilanoq mezbonlar 3 daqiqa ichida 2 ta gol urishdi.
Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida hisob 3:1 ko‘rinishga keldi. “Al-Garafa” esa 85-daqiqada Isxak Belfodilning golidan keyin hisobni qisqartirdi. Qizig‘i, 87 va 89-daqiqalarda endi “Al-Ahli Doxa”dan birin-ketin ikki nafar futbolchiga qo‘polligi uchun qizil kartochka ko‘rsatildi. Oqibatda Yasim Braimi 90+1-daqiqada penaltidan gol urib hisobni tenglashtirdi – 3:3.
O‘yin mana shunday voqealarga boy tarzda o‘tdi va jangovar durang qayd etildi. Islom To‘xtaxo‘jayev esa legioner sifatida ilk bor maydondan chetlatildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar