Toshkentda yana bir katta MMA kechasi tashkil etiladi

Toshkentda yana bir katta MMA kechasi tashkil etiladi
Yurtimizda tashkil VVFC promousheni navbatdagi turnirini tashkil etmoqda. 29 sentabr kuni ushbu promoushen 4-jang kechasini o‘tkazadi.

Mazkur jang oshomining asosiy to‘qnashuvida tojikistonlik mashhur sportchi, "Metro Lyublino rabotayem" chelendji bilan tanilgan, Saymo‘min Madiyevning oktagonga ko‘tarilishi ma’lum bo‘lgan. U hamyurtimiz Rahim Radjabaliyev bilan bahs yuritadi.

Shuningdek, ushbu jang kechasidan yana bir qator qiziqarli to‘qnashuvlar o‘rin olgan. Jang kechasi "Yunusobod" sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar