Yevropaning aksariyat mamlakatlarida futbol bo‘yicha yozgi transfer oynasi yopildi. O‘zlari ko‘zlagan futbolchilarni qo‘lga kiritib ulgurmagan yoki tarkibdagi keraksiz o‘yinchilardan qutila olmagan klublar endi qishki transferlar davrini kutishiga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekistonlik futbol ishqibozlarining e’tibori “Roma” transferlariga qaratildi. Joze Mourino boshchiligidagi murabbiylar shtabining Eldor Shomurodov bo‘yicha fikri bir necha bor o‘zgardi.
Portugaliyalik mutaxassis o‘zbek hujumchisiga shonch bildirmasligini aytganidan keyin Italiyaning o‘zidan besh-oltita, Turkiyadan uchta, Rossiya, Fransiya, Angliya, Germaniya va Saudiya Arabistonidan kamida bittadan klublar Eldor Shomurodovga qiziqayotgani haqida xabarlar tarqatildi. Bir necha klub hujumchi transferi bo‘yicha “Roma”ga murojaat qilishga ham ulgurdi.
Biroq, Shomurodov “Roma”da qoldi. To‘g‘ri hali Joze Mourino mavsumning dastlabki to‘rt uchrashuvidan birortasida hamyurtimizga ishonch bildirgani yo‘q. Lekin portugaliyalik mutaxassis “Monsa” qarshi o‘yindan keyin bergan intervyasida transfer bozori bosimidan qutilgan Shomurodov jamoaga yordam qo‘lini cho‘zishi mumkinligini ta’kidladi.
Mavsum faqat A Seriya o‘yinlaridan iborat emas. Rimliklar oldida mamlakat kubogi va Yevropa ligasi kabi nufuzli turnirlar ham bor. Aksariyat murabbiylar chempionatdan tashqari musobaqalarda zaxira o‘yinchilaridan ko‘proq foydalanadi. Bu ularga imkoniyat hamda boshqa jamoalarning e’tiborini tortish uchun reklama vazifasini ham o‘taydi.
Tez orada UYEFA tasnifidagi xalqaro turnir Yevropa Ligasining guruh bahslari boshlanadi. O‘tgan mavsum Konferensiyalar ligasida zafar quchgan “Roma” bu gal ham xalqaro maydondagi muvaffaqiyatini takrorlashga bel bog‘lagan. Bu gal vaziyat murakkabroq. Chunki Yevropa ligasida “Arsenal”, “Manchester Yunayted”, “Betis”, “Real Sosedad”, “Latsio”, “Renn”, “Monako” kabi jiddiy raqobatchilar bor.
“Roma” rahbariyati Yevropa ligasida qatnashadigan futbolchilar ro‘yxatiga Eldor Shomurodov va yozgi transferlar oynasining so‘nggi kunida “Fulxem”ga transferi barbod bo‘lgan niderlandiyalik Jastin Klyuvertni ham kiritdi. Umuman olganda, xalqaro turnirda poytaxt “bo‘rilari” sharafini olti hujumchi himoya qiladi. O‘tgan yilgi tarkib vakillaridan Temmi Abraxam, Eldor Shomurodov va Stefan El-Shaaravi bor. Ular safiga Paulo Dibala, Jastin Klyuyvert va Andrea Belotti qo‘shildi.
“Roma” Yevropa ligasining “S” guruhidan joy olgan. Pley-offga chiqish uchun rimliklar Bolgariyaning “Ludogores”, Ispaniyaning “Betis” va Finlyandiyaning XIK jamoasi bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
Joze Mourino shogirdlari xalqaro maydondagi yurishini 8 sentabr kuni boshlaydi. “Bo‘rilar” birinchi turni Bolgariyada “Ludogores” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
“Roma” futbolchilari Yevropa ligasi doirasida “Olimpiko”dagi dastlabki uchrashuvga 15 sentabrga belgilangan ikkinchi turda XIK vakillariga qarshi o‘yinda mezbonlik qiladi.
UYEFA qoidasiga ko‘ra, guruhda birinchi o‘rinni egallagan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri nimchorak finalga yo‘llanma oladi. Ikkinchi pog‘ona sohiblari esa Chempionlar ligasi guruh bosqichida uchinchi o‘rinni egallagan jamoalarga qarshi nimchorak final yo‘llanmasi uchun raqobatlashadi.
Yevropa ligasi guruhlarida uchinchi o‘rinda qayd etilgan klublar Konferensiyalar ligasi guruhlarida ikkinchi o‘rinni band qilgan jamoalar bilan Konferensiyalar ligasi pley—offiga chiqish uchun o‘zaro raqobatlashadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»