
Biz boshlab bergan chellenjni boshqa hamkasblarimiz muvaffaqiyatli davom ettirmoqda. Endi bu harakatda burilish yasaymiz. Hozirgina bizga kelgan ma’lumotlarga qaraganda, bu ish bilan shug‘ullanayotgan tomonlar voqealarni hech kimga batafsil oshkor qilmoqchi emas.
Afsuski, hozir vaziyat borasidagi tergov-surishtiruv ishlari yaxshigina oldinga siljigan. Shunga qaramay, bu janjal bor-yo‘g‘i Kaxi Maxaradzening o‘zbek futbolidan chetlatilishi bilan yakunlanishi tobora haqiqatga yaqinlashib bormoqda. Agar shunday bo‘lsa, BK xodimi aytgan boshqa futbolchilar "suvdan quruq chiqishi" mumkin.
O‘zi bunday "operatsiya"larni birgina futbolchi bilan amalga oshirishning imkoni yo‘q. Ular shunchaki "zakaz"ni bajarib beruvchi "uchinchi qo‘l". Bu kabi uchrashuvlarda ishtirok etish evaziga qo‘lga kiritiladigan summaning juda kichik qismi ularga kelib tushadi. Bukmekerlik kompaniyalaridan yutib olinadigan millionlarning egasi boshqalar.
Umid qilamizki, bizning taxmin o‘zini oqlamaydi va futbolimiz ko‘ziga tuproq sochmoqchi bo‘lganlar haqida to‘liq ma’lumotlar oshkor qilinadi. Shu so‘zlarimga juda va juda ishongim kelmoqda, biroq "baliq boshidan sasiydi, ammo uni dumidan tozalashadi" degan maqol yodimga tushib ketdi. Ishqilib, adashayotgan bo‘lay-da!
Norboy Muallim
Norboy MuallimO‘zbekiston FutboliTergov IshlariMuvaffaqiyatli DavomJanjal VaqealariFutbolchilar Suvdan O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar