"Lokomotiv" yarim himoyachisi Kaxi Maxaradzening "sarguzashtlari" borasidagi maqolalar deyarli barcha saytlarda e’lon qilinyapti.
Oldinroq, Maxaradze hamtovoqlari orqali o‘z o‘yiniga pul tikkani haqida ma’lumotlar chop etgandik.
Biz vaziyatga yanada chuqurroq o‘rganish maqsadida kelishilgan o‘yinlarni aniqlash uchun tashkil qilingan "SPORTRADAR" kompaniyasining rasmiy vakili bilan bog‘landik. "SPORTRADAR" xodimining so‘zlariga ko‘ra, agar O‘zbekistonda shunga o‘xshash o‘yin aniqlansa dalillar avval Osiyo futbol konfederatsiyasiga, keyin esa O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga yuboriladi. Bundan tashqari kompaniya vakili O‘FAda qandaydir shubha paydo bo‘lsa "SPORTRADAR"ga murojaat qilish mumkinligini aytdi. Biroq "SPORTRADAR" rasman ro‘yxatdan o‘tgan bukmekerlik kompaniyalari bilan ishlaydi va ayni damda ularning yordami kerak bo‘lmasligi mumkin.
Gap shundaki, shubha ostidagi futbolchilar rasmiy bukmekerlar orqali pul tikmaydi, chunki bunday kontoralarda shubhali chempionatlarga katta pul tikish mumkin emas. O‘zbekiston Coca-Cola Superligasi esa bukmekerlar uchun huddi shunday ligalardan biri hisoblanadi. Bizning "shovvozlar" vositachi orqali Makao ("Osiyo Las-Vegasi") yoki Xitoydagi boshqa bir noqonuniy kontoraga 100 000, 200 000 yoki 500 000 hatto 1 000 000 dollar pul tikishadi va tikishlar naqd pulda amalga oshiriladi. "SPORTRADAR" esa bu "kompaniya"lar bilan umuman ishlamaydi.
Endi faqat ishga aloqadorlarni "sayratish" yo‘li bilan aniqlamasa, boshqachasiga topish, haqiqatni yuzaga chiqarish qiyin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi