
Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan "Seltik" - "Real" uchrashuvi yakuniga yetdi. Mazkur bahsda mehmonlar yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Mehmonlar safida gollarga Vinisius, Modrich va Azar mualliflik qildi. Bu gollar madridliklarga ilk turda g‘alabani taqdim etdi.
Dastlabki turda, "qaymoqranglilar" 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Shotlandiya klubi ochko olishga muvaffaq bo‘lmadi.
"Seltik" (Shotlandiya) – "Real Madrid" (Ispaniya) 0:3
Gollar: 0:1 – 56 Vinisius Junior, 0:2 – 60 Modrich, 0:3 – 77 Azar.
Seltik – Xart, Yuranovich, Karter-Vikers, Yens, Teylor, Makgregor, O`Rayli (Muy, 72), Xatate (Ternbull, 72), Yakumakis (Furuxasi, 72), Jota (Xakshabanovich, 82), Abada (Maeda, 46).
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Alaba, Militao (Ryudiger, 46), Mendi, Modrich (Asensio, 80), Kroos, Tchuameni (Kamavinga, 71), Valverde, Benzema (Azar, 30), Vinisius Junior (Rodrigo, 80).
Ogohlantirishlar: Mendi (10), Maeda (64).
Yevropa Chempionlar LigasiReal MadridSeltikVinisius JuniorG‘alabaGuruh Bosqichi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar