“Bolonya” rahbariyati bosh murabbiy Sinisha Mixaylovichni ishdan oldin. Italiya matbuotida tarqatilgan bu xabar keyinchalik klub rasmiylari tomonidan tasdiqlandi.
Sinisha Mixaylovich yozgi transferlar vaqtida jamoasini “Roma”ga kerak bo‘lmay qolgan Eldor Shomurodov yordamida kuchaytirmoqchi edi. Serbiyalik mutaxassis rejasiga ko‘ra, o‘zbek legioneri birinchi mavsumda “Bolonya”ning yetakchi hujumchisi Marko Arnautovich bilan yonma-yon o‘ynab, keyinchalik jamoaning asosiy forvardiga aylanishi kerak edi.
Ma’lumki, bolonyaliklar Shomurodovni olish uchun jiddiy kurashdi. Ular rimliklar bilan bir necha hafta davomida muzokaralar olib bordi.
Klub vakillari hatto “Roma” qo‘ygan talab, Shomurodovni kelasi yil yozda sotib olish majburiyatini ham qabul qildi. Biroq, tomonlar kompensatsiya summasi borasida kelisha olmadi.
“Bolonya” kelasi yozda o‘zbek futbolchisi uchun 10 million yevro to‘lashini ma’lum qildi. Rimliklar esa o‘tgan yozda 18 million yevroga xarid qilingan o‘yinchini 14 million yevroga baholadi. Keyinchalik “bo‘rilar” o‘z talabini yana ikki million yevroga qisqartirgan bo‘lsa-da, bu transfer amalga oshmay qoldi.
A Seriyaning dastlabki o‘yinlari Sinisha Mixaylovich hujumni Shomurodov orqali kuchaytirishni istagani bejiz emasligini ko‘rsatdi. Jamoa beshta uchrashuvda birorta g‘alaba qozona olmadi va atigi uch ochko bilan kifoyalandi.
Bolonyaliklarning beshta goli faqat bir futbolchi – 33 yoshli Marko Arnautovich hisobiga yozildi. Bu natijalar 53 yoshli murabbiy Sinisha Mixaylovich uchun chiqish eshiklarini ochdi.
Klub prezidenti Joy Saputo bosh murabbiyni iste’foga chiqarish qarori oson bo‘lmaganini ta’kidladi.
- Klubning Mixaylovich bilan aloqalari mustahkamligiga qaramay, bu choradan qochib-qutilib bo‘lmadi.
Bu “Bolonya” rahbari sifatida qabul qilgan eng og‘ir qarorim bo‘ldi. Sinisha hastaliliga qaramasdan ham har doim jamoa bilan birga bo‘lgandi. O‘z ishiga maksimal darajada jiddiy qaradi.
Afsuski, jamoa murabbiylar shtabida o‘zgarishlar qiladigan davr keldi. Jamoa manfaatini ko‘zlab juda og‘ir qarorni qabul qilishga majbur bo‘ldik, - dedi Joy Saputo.
Sinisha Mixaylovich jamoada 2019 yilning boshidan bosh murabbiy bo‘lib ishlab kelayotgan edi. Mashhur sobiq futbolchi avval murabbiy sifatija “Sporting”, “Torino”, “Milan” va “Sampdoriya” klublarida ishlagan.
Italiya ommaviy axborot vositalari “Bolonya” yangi bosh murabbiy sifatida Tyago Mottani olib kelmoqchi ekani haqida yozmoqda.
Bu mutaxassis “Spetsiya”ni boshqargan va shu yilning iyunida ishdan ketganidan beri o‘ziga yangi ish qidiryapti. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi