
23 sentabr kuni Qozog‘istonning Almati shahrida Markaziy Osiyoning eng kuchli promoushenlaridan biri NFC (Nayza Fighting Championship) navbatdagi 44-turnirini o‘tkazadi.
Biz uchun ahamiyatli jihati, "NFC 44" ning asosiy jangida hamyurtimiz Farhodjon Mashrapov promoushenning yengil vazn (70,3 kg) toifasi chempionlik kamari uchun oktagonga ko‘tariladi. U qozog‘istonlik mag‘lubiyatsiz odimlayotgan, Magomed Kabardiyevga qarshi jang qiladi.
Qiziq tomoni, Kabardiyev Farhodjonning ukasi Bahromjon Mashrapov bilan ham to‘qnash kelgan va ochkolar hisobida g‘alaba qozongandi. Bu o‘ziga xos revansh hisoblanadi. Ya’ni, Farhodjon ukasining "qasos"ini olishga harakat qilib ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, Kabardiyevning professional ko‘rsatkichi 8-0 bo‘lsa, Farhodjon Mashrapovning rekordi 4-2 ko‘rinish olgan.

NFC 44Farhodjon MashrapovBahromjon MashrapovMagomed KabardiyevJangChempionlik Kamari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar