date
views 1 802

Ronaldu tufayli bosh murabbiyni haydagan superklub Krishtianuning o‘zidan yuz o‘girdi

Ronaldu tufayli bosh murabbiyni haydagan superklub Krishtianuning o‘zidan yuz o‘girdi
“Chelsi”ni muvaffaqiyatli boshqarib kelgan Tomas Tuxelning iste’foga chiqarilishi sabablaridan biri germaniyalik mutaxassisning klub xo‘jayini Todd Byolining istagiga qarshi borib, Krishtianu Ronalduning transferini bloklab qo‘ygani bo‘lgandi.

Tuxel klub xo‘jayinlaridan “Barselona”dan Per-Emerik Obameyangni olib berishni talab qildi va bu maqsadiga erishdi ham. Faqat tajribali murabbiyga sobiq shogirdiga yana ustozlik qilish nasib etmadi.

“Chelsi” rahbariyati esa kutilmaganda portugaliyalik yulduzni olish fikridan ham qaytdi.

Ronalduning mavsum boshidagi o‘yini uning jismoniy holati jamoaga yordam bera oladigan darajada emasligini ko‘rsatib qo‘ydi. 37 yoshli futbolchining quruq seriyasi yettita uchrashuvdan beri hech tugamayapti.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu tufayli bosh murabbiyni haydagan superklub Krishtianuning o‘zidan yuz o‘girdi
-->