10:08 / 16.09.2022
964

Ivan Boshkovich: "O‘yindan oldin bizda ma’lum reja bor edi. Bu rejani ishladi desa ham bo‘ladi"

Ivan Boshkovich: "O‘yindan oldin bizda ma’lum reja bor edi. Bu rejani ishladi desa ham bo‘ladi"
Coca-Cola Superliganing 19-turidan o‘rin olgan "Olimpik" - "Bunyodkor" (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- Bugun ikki ochko yo‘qotdik. Bizda o‘yindan oldin ma’lum reja bor edi, bu rejani ishladi desa ham bo‘ladi. Biz bunday o‘yin bo‘lishini, qarshi hujumlarda harakat qilishimizni kutgandik. Boshida hayajon bo‘ldi, ammo yigitlar bunga chidashdi. O‘z vaziyatlarimizga ega bo‘lishimizni bilgandik. Ikkinchi bo‘limda birga-bir vaziyat yuzaga keldi. Bu albatta futbol, men o‘sha vaziyatni izohsiz qoldirmoqchiman.

Bu kabi ishlar bilan shug‘ullanidiganlar bor. O‘z futbolchilarimni bunday yaxshi o‘yin bilan tabriklamoqchiman. Bilaman chiroyli o‘yin ko‘rsatmadik. Ammo intizom borasida yigitlar ajoyib harakat qilishdi. Balki bugun uch ochko ololmagandirmiz, ammo keyingi o‘yinlarda albatta g‘alaba qozonamiz. Tayyorgarlik uchun 15 kun bor. Vaqt yetarli, endi jamoa bilan o‘z ustimizda ishlaymiz.

- Bugun beshta himoyachi bilan maydonga tushdingiz. Bu taktika aynan Boshkovichning uslubimi yoki bu raqibdan kelib chiqib tanlangan qarormidi?
- Ba’zida o‘zgarishlar qilish kerak bo‘ladi. Bilasizmi, hozirda "Bunyodkor"da juda qiyin vaziyat. Biz hech qachon bunday o‘rinda bo‘lmaganmiz. Raqibning kuchli va ojiz tomonlarini analiz qildik va bugungi o‘yinga shu kabi taktika tanlandi. Kelajakdagi taktikamiz vaziyatdan kelib chiqib tanlanadi. Raqib, jarohatlar va jamoaning holatiga qarab. "Bunyodkor" maydonning raqib tomondagi qismidda harakat qilishi kerakligini, vaziyatlar yaratishi, to‘pga egalik qilishi kerakligini bilamiz.

- "Bunyodkor" ushbu mavsumda 11 kishidan ko‘ra 10 kishi bo‘lib yaxshiroq o‘ynamoqda...
- Bu menimcha motivatsiya natijasi. Biz qayerda turganimizni juda yaxshi bilamiz. Yigitlar bilan o‘yin davomida intizomni saqlashga kelishdik va buni uddasidan chiqqanimizdan mamnunman. Shu sabab ham ularga e’tiroz yo‘q. Ular berilgan topshiriqni yaxshi darajada bajarishdi. Bir kishi kam bo‘lib qanday o‘ynash kerakligini ko‘rsatishdi. O‘ylashimcha, raqiba birorta ham yaqqol vaziyat yarata olmadi.

- Birinchi o‘yin murabbiyga motivatsiya beradimi yoki ustunlikmi?
- O‘ylashimcha, ha. Lekin mening ishimga uzoqroq muddatdan so‘ng bahoni berishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ivan Boshkovich: "O‘yindan oldin bizda ma’lum reja bor edi. Bu rejani ishladi desa ham bo‘ladi"