00:00 / 19.09.2022
2 132

Mourino chetlatilgan va Shomurodov o‘ynagan uchrashuvda "Roma" imkoniyatni boy berdi

Mourino chetlatilgan va Shomurodov o‘ynagan uchrashuvda "Roma" imkoniyatni boy berdi
Italiya A Seriya 7-turi doirasidagi "Roma" - "Atalanta" uchrashuvi yakuniga yetdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida kechgan uchrashuvda mehmonlar safarda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yindagi yagona gol 35-daqiqada Jorjio Skalvini tomonidan kiritildi. Qo‘shimcha qilamizki, Rim klubi ustozi Joze Mourino o‘yinning 57-daqiqasida qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi. Shuningdek, legionerimiz Eldor Shomurodov uchrashuvning 79-daqiqasida Temmi Abraxamning o‘rniga maydonga tushdi.

A Seriya. "Roma" - "Atalanta" 0:1
Gollar
: Djordjio Skalvini (Rasmus Xoylund) 35'

"Roma": 1. Ruy Patrisiu, 23. Djanluka Manchini (59. Nikola Zalevski 87'), 6. Kris Smolling, 3. Rojer Ibanes, 19. Zeki Chelik, 8. Nemanya Matich (11. Andrea Belotti 67'), 37. Leonardo Spinatssola, 4. Brayan Kristante, 7. Lorenso Pellegrini, 22. Nikolo Dzanolo, 9. Temmi Abraxam.
Zaxira: 63. Pitero Bor, 99. Mile Svilar, 14. Eldor Shomurodov, 17. Matias Vinya, 20. Moxamed Kamara, 52. Eduardo Bove, 65. Filippo Tripi, 62. Cristian Volpato, 73. Giacomo Faticanti.

"Atalanta": 1. Xuan Musso (31. Franchesko Rossi 8'), 2. Rafael Toloy, 28. Merix Demiral, 42. Djordjio Skalvini (5. Memex Kaleb Okoli 46'), 33. Xans Xatebur, 3. Yoakim Mele, 15. Marten de Ron, 7. Ten Kopmeyners, 13. Ederson (18. Ruslan Malinovskiy 88'), 88. Mario Pashalich (11. Ademola Lukman 74'), 17. Rasmus Xoylund (9. Luis Muriel 46').
Zaxira: 57. Marko Sportello, 10. Jeremi Boga,, 22. Matteo Ruggeri, 93. Brendon Soppi.

Ogohlantirishlar: Yoakim Mele 23', Rafael Toloy 47', Xans Xatebur 55', Joze Mourino 57', Merix Demiral 76', Marten de Ron 80', Ruslan Malinovskiy 90+4'

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport