“Roma” A Seriyaning yettinchi turida “Atalanta”ni qabul qilib, alamli mag‘lubiyatga uchradi. Rimliklarning eng muammoli nuqtasi sifatida oldingi chiziqda qulay vaziyatlardan unumli foydalanish masalasi ekani ko‘rinib qoldi. Ayniqsa, o‘tgan mavsumda poytaxtliklarning asosiy to‘puri bo‘lgan Temmi Abraxamning o‘yini ko‘pchilikni qoniqtirayotgani yo‘q.
"Bo‘rilar" yuqori o‘rinlar uchun kurashda o‘z uyida asosiy raqobatchilardan biri bo‘lgan "Atalanta"ga yutqazdi. Bu g‘alabadan keyin bergamoliklar ochkolari sonini 17 taga yetkazib, musobaqa jadvalida "Napoli" bilan birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. Mourino shogirdlari 13 ochko bilan oltinchi pog‘onada qayd etilgan.
Italiya futbolini yoritib boruvchi https://www.pagineromaniste.com sayti mutaxassislari “Roma” futbolchilarining o‘yinini quyidagicha baholadi.
Rui Patrisio 6 ball:
Umuman olganda, ancha ishonchli ko‘ringan portugaliyalik darvozabon Skalvini gol urgan vaziyatda boshqacha yo‘l tutishi kerak edi. Uning yagona kamchiligi to‘pni qaytara olmagani bo‘ldi.
Manchini 6,5 ball:
Har doimgidek ishonchli o‘ynadi va raqiblarning bir necha hujumchilarini qaytara oldi.
Zalevski 6 ball:
Manchini o‘rniga o‘yin oxirida maydonga tushgan yosh o‘yinchi Shomurodovga ajoyib pas bergani bilan yodda qoldi.
Smolling 6 ball:
Tajribasiga tayanib ancha ishonchli o‘ynadi. Raqib o‘yinchisi Xoylundni yaxshi yopdi. Ibanesga yordam berdi.
Ibanes 6 ball:
Himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, hujumga qo‘shilib, raqib darvozasi tomon zarba berishni ham uddaladi.
Chelik 6 ball:
Turk futbolchisi ilk bor Italiyadagi katta to‘qnashuvda qatnashdi. O‘zini ko‘rsatishga qattiq intildi. Biroq, oldinga o‘tgan paytda ko‘pincha maydondagi pozitsiyasini yo‘qotib qo‘ydi.
Kristante 5,5 ball:
“Atalanta” gol urgan vaziyatda qo‘riqlashi kerak bo‘lgan futbolchini ko‘zdan qochirdi. Skalvini bu imkoniyatdan foydalanib qoldi.
Matich 5,5 ball:
O‘z darajasida o‘ynamadi. To‘p yo‘qotdi. O‘tkazilgan golga u ham ma’lum ma’noda javobgar.
Belotti 6,5 ball:
Matich o‘rniga maydonga tushgan Belotti ancha faol o‘ynadi, o‘zini ko‘rsatishga harakat qildi.
Spinatssola 5,5 ball:
Yuqoridan va pastdan kelgan to‘plarni egallashda mahorat ko‘rsatdi. Shuningdek jamoadoshlariga aniq to‘p uzata oldi.
Pellegrini 5,5 ball:
Dibalaning jarohati tufayli maydondagi pozitsiyasini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. O‘yin davomida raqib himoyasini yorib o‘tishga qiynaldi.
Dzanolo 6,5 ball:
Ancha faol ko‘rindi. Biroq, foydali harakatlari qatorida xatolar ham kuzatildi. Charchab qoldi.
Abraxam 4,5 ball:
Mourino endi nima deydi? Markaziy hujumchi sifatida sovuqqonlik va aniqlik yetishmadi. O‘yiniga e’tiroz bor.
Shomurodov 6 ball:
Qisqa vaqtda juda faol o‘ynadi. Jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qolib, o‘yin qahramoniga aylanishi mumkin edi. Ikki marta darvoza tomon xavfli zarba berdi. Uchrashuv qahramoniga aylanishiga bir necha santimetr aniqlik yetishmadi. Bellashuvning oxirida raqib himoyasini yorib o‘tib, darvoza qarshisida bo‘sh turgan Belottiga pas berdi. Biroq, himoyachilar to‘pni qaytarishni uddaladi.
Mourino 5,5 ball:
Portugaliyalik mutaxassis hujum yo‘nalishini o‘zgartirishi kerak. O‘yin davomida raqibga hujumchilar emas, himoyaga mas’ul futbolchilar xavf tug‘dirdi. Tezroq to‘g‘ri qaror qabul qilish vaqti keldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»