UzReport TV EChL yarim finali uchrashuvlarini jonli efirda namoyish etadi

UzReport TV EChL yarim finali uchrashuvlarini jonli efirda namoyish etadi
UzReport TV EChL yarim finali uchrashuvlarini jonli efirda namoyish etadi

UzReport TV telekanali Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan uchrashuvlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda muxlislar e’tiboriga havola qiladi. Bu haqda "Kun.uz" xabar bermoqda.

26 aprel kuni Manchester shahridagi «Etihad Stedium»da «Manchester Siti» - «Real» to‘qnashuvi bo‘lib o‘tadi.

27 aprel chorshanba kuni esa Madriddagi «Visente Kalderon» o‘yingohida «Atletiko» klubi «Bavariya»ni qabul qiladi.

Har ikki uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi. Ushbu o‘yinlarni Davron Fayziev va Yoqubjon Bobojonov sharhlab borishadi.

UzReport TV telekanali 2015 yil 1 dekabrdan o‘z ko‘rsatuv va dasturlarini «Yamal 401» sun’iy yo‘ldoshi orqali uzatishni boshladi.

Telekanal biznes yo‘nalishidagi ko‘rsatuvlar, ma’rifiy-ommabop dasturlar bilan bir qatorda, 2015 yildan boshlab futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi va Angliya Premyer-ligasi uchrashuvlarini jonli efirda namoyish etib kelmoqda.

Telekanal signalini qabul qilish uchun texnik ko‘rsatkichlar:

- Sun’iy yo‘ldosh — «Yamal 401», Ku diapazonining 90 daraja shimoliy nuri;
- Qabul chastotasi — 11,505705 GGs;
- Simvol tezligi — SR = 2280 ksps;
- Modulyatsiya — DVB-S QPSK 1/2;
- Qabul polyarizatsiyasi — vertikal;
- Ajrata olish o‘lchami — standart (720 x 576i);
- Kompressiya — MPEG-4;
- Tavsiya qilingan antenna diametri — 100 santimetrdan ortiq.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar