Mourino: "O‘tgan mavsumda hech kim kutmagan ishni amalga oshirdik"

Mourino: "O‘tgan mavsumda hech kim kutmagan ishni amalga oshirdik"
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino rimliklarning moliyaviy ahvoli borasida gapirdi.

"O‘tgan mavsumda hech kim kutmagan ishni amalga oshirdik. Bu mavsumda biz bundan ham yuqori pog‘onaga sakrashga harakat qilamiz. Biroq bizda chempionlikka raqobatchilar singari iqtisodiy salohiyat yo‘q.

Joriy yozda transfer bozorida 7 million yevro sarfladik, shunga qaramay, sifat, ishtiyoq va birgalikda mehnat qilishni yoqtiradigan futbolchilarga ega bo‘ldik. Bu mavsum yakunidagi natija uchun juda muhim
", dedi Mourino.

Joriy mavsumda “Roma” 7 turdan so‘ng 13 ochko jamg‘arib, A Seriya turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar