
Foto: UYEFA
Futbol bo‘yicha UYEFA Millatlar Ligasida guruh bosqich o‘yinlari yakunlandi.
So‘nggi kungi bahslarda Ispaniya terma jamoasi Alvaro Morataning urgan goli evaziga Portugaliyani mag‘lub etdi va yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Ushbu guruhda so‘nggi o‘rinni qo‘lga kiritgan Chexiya esa B Ligaga ravona bo‘ldi.
Avvalroq Xorvatiya, Niderlandiya va Italiya pley-offga yo‘llanma olgandi.
Millatlar Ligasining yarim final bahslari 2023 yilning 14 va 15 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Uchinchi o‘rin uchun bahs va final o‘yini 18 iyun kuni o‘tkaziladi. Mazkur bosqichning o‘tkazilish joyi yanvar oyida ma’lum qilinadi.
Shuningdek, 2024/25 yilgi mavsum guruhlarida quyidagi o‘zgarishlar yuz berdi:
- A Ligaga ko‘tarildi: Shotlandiya, Bosniya va Gersegovina, Serbiya, Isroil;
- B Ligaga tushib ketdi: Angliya, Avstriya, Chexiya, Uels;
- B Ligaga ko‘tarildi: Turkiya, Gretsiya, Qozog‘iston, Gruziya;
- C Ligaga tushib ketdi: Armaniston, Ruminiya, Shvetsiya, Rossiya.
- C Ligaga ko‘tarilganlar: Estoniya, Latviya
- Kipr, Belarus, Litva va Girtaltar pley-off bahslarida ishtirok etadi. Mag‘lub bo‘lgan ikki jamoa D Ligaga tushib ketadi.
Eslatib o‘tamiz, B Ligada harakat qilgan Rossiya terma jamoasi musobaqadan chetlatilgan.
FutbolMillatlar LigasiIspaniya Terma JamoasiYarim FinalChexiyaO‘yinlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar