
“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland o‘zi namoyish etayotgan sermahsul o‘yin sirini ochib qo‘ydi.
Ma’lumotlarga qaraganda, norvegiyalik hujumchi uyquga alohida e’tibor beradi. U yotishdan oldin maxsus ko‘zoynak taqadi va bu to‘yib uxlashiga yordam beradi. Bu ko‘zoynak futbolchining ko‘zini turli zararli nurlardan himoyalaydi.
- Men kechqurun ko‘zoynak taqaman. Ular mening chuqur uyquga ketishimga yordam beradi. Bu usul sermahsulligimni bir necha foizga oshiradi. Bu mentalitetga bog‘liq, - dedi Erling Xoland.
22 yoshli to‘purar yotishdan ikki soat oldin elektron uskunalardan foydalanishni to‘xtatadi. Erling joriy mavsumda “Manchester Siti”da o‘nta uchrashuvda 14 ta gol urgan uning usuli ish berayotganini ko‘rsatmoqda.
Erling XolandManchester SitiSermahsul O‘yinUyquga E’tiborKo‘zoynak TaqishMentalitetga Bog‘liq O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar