Eldor Shomurodovning “Roma”dagi faoliyati barcha muxlislar va hujumchining o‘zi kutganidek davom etmayotgan bo‘lsa-da, O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi ko‘rsatkichlari Lionel Messinikidan qolishayotgani yo‘q.
Eldor Shomurodov va Lionel Messi 2022 yil davomida o‘zlari sardorlik qilayotgan milliy terma jamoada raqiblar darvozasiga o‘ntadan to‘p kiritgani qayd etilgan. Bu borada har ikki hujumchi jahonda yetakchilik qilmoqda. Ulardan keyingi o‘rinlarda Erling Xoland, Vinsent Abubakar kabi hujumchilar bor.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yaqinda jahon chempionati ishtirokchilari Kamerun va Kosta-Rika bilan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida to‘qnash keldi va bu bahslarda “Roma” hujumchisi bittadan gol va assist muallifi bo‘ldi.
Boshqacha aytganda, Eldor Shomurodov to‘p kiritgan terma jamoalar qatoriga Kosta-Rika ham qo‘shildi.
Sports.uz portali bugungi kundagi eng mashhur futbolchimizning termamiz safida qaysi mamlakatlar bosh jamoalari darvozasiga yo‘l topgani haqidagi statistikan e’tiboringizga havola qilishni lozim topdi.
Demak, transferlarga ixtisoslashgan https://www.transfermarkt.world portalida keltirilishicha, Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasida 57 ta uchrashuvda 31 ta to‘p kiritgan.
Gollarning yarmidan ko‘prog‘i, ya’ni 16 tasi 28 ta o‘rtoqlik uchrashuvida urilgan. Eldor jahon chempionati saralash turnirlarida 22 ta bahsda qatnashib, o‘z hisobiga sakkizta to‘p yozidirgan, 2019 yilgi Osiyo kubogida to‘rtta bellashuvda to‘rtta, qit’a chempionati saralash musobaqalarida uchta o‘yinda usta gol urgan.
Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarama-qarshi kelgan terma jamoalar orasida deyarli barcha qit’a vakillari darvozasiga yo‘l topa olgani ahamiyatli.
Xususan, mohir to‘purarimiz Bahrayn, Kanada, Iroq, O‘mon, Yaponiya, Xitoy, Yaman, Eron, Shvetsiya, Saudiya Arabistoni, Qirg‘iziston, Kosta-Rikaga bittadan, Falastin, Turkmaniston, Suriya, Gruziya, Janubiy Sudanga ikkita, Singapur, Uganda va Maldiv orollari terma jamoalari darvozasiga uchtadan gol urishni uddalagan.
27 yoshli hujumchimiz o‘z nomini tablaga yozdirgan uchrashuvlarda milliy terma jamoamiz o‘n to‘rtta g‘alaba, bitta durang va oltita mag‘lubiyat qayd etgan. Yana bir e’tiborga molik tarafi, futbolchilarimiz Eldor gol urgan lekin yuqazilgan uchrashuvlarda atiga bitta gol farqi bilan taslim bo‘lgan.
Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixida eng zo‘r to‘purarga aylanishi uchun yana to‘rt marta to‘p kiritishi kifoya qiladi. Uzoq yillardan beri rekord sohibi bo‘lib turgan Maksim Shatskix xalqaro miqyosdagi faoliyati davomida raqib terma jamoalar darvozasiga jami 34 marotaba yo‘l topa olgan.
“Roma” futbolchisining ayni kuchga to‘lgan payti ekani va O‘zbekiston milliy terma jamoasi safidagi faoliyati jadal davom etayotganini inobatga olib, Maksim Shatskix rekordi tez orada yangilanishiga umid qilsak bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»