1 107
Ulug‘bek Baqoyev: "Agarda bitta gol urganimizda, o‘yin tamomila boshqacha tusga kirardi"
Coca Cola Superligasining 20-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" — AGMK uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev o‘yin haqida fikr bildirdi.
O‘yin haqida
- Uchrashuvni ko‘rdik, ammo natija biz o‘ylagandek bo‘lmadi. Shunga qaramay, ikkala taymda ham bir qancha imkoniyatlar yuzaga keltirdik, qolaversa, penaltini golga aylantira olmadik. O‘ylashimcha, agarda bitta gol urganimizda, o‘yin tamomila boshqacha tusga kirardi. Ammo futbolda shunday narsa bor, kim gol ursa, o‘sha g‘alaba qozonadi. Shu bois, olmaliqliklarni g‘alaba bilan tabriklayman. Qolaversa, bor kuchini bergani uchun yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Endilikda OFK kubogi bahsiga tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim. O‘ylaymanki, biz yetarlicha tayyorgarlik ko‘ramiz va munosib o‘yin namoyish etamiz.
- OFK kubogidagi o‘yin oldidan tarkibda yo‘qotishlar yo‘qmi?
- Bugungi o‘yin oldidan bizda uchta yo‘qotish bor edi. Norxonovning jarohati qay darajada jiddiy ekanligini bilmayman. Umid qilamanki, uning jarohati jiddiy bo‘lib chiqmaydi. Barchasi tibbiy tekshiruvlardan keyin ma’lum bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»