“Energetik-BGU” o‘z tarixida ilk bor Belarus chempioniligi uchun kurashmoqda. Minsklik “talabalar” 23-tur oldidan musobaqa jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Bu jamoa o‘tkazilgan 21 ta uchrashuvda 13 ta g‘alaba, beshta durang va uchta mag‘lubiyat bilan jami 44 ochko jamg‘argan.
An’anaviy tarzda Belarusning eng qudratli jamoalari hisoblangan “Shaxtyor-Soligorsk” va “Dinamo-Minsk” bittadan, BATE uch ochkoga ortda qolmoqda.
“Energetik-BGU” tarixidagi eng muvaffaqiyatli o‘tayotgan mavsumda jamoaning haqiqiy qahramonlari o‘zbek futbolchilari – Bobur Abduxoliqov va Abdulqodir Husanov hisoblanadi.
Bedarus futbolini yoritishga ixtisoslashgan https://by.tribuna.com sayti jamoa yetakchilari qatori legionerlarimiz faoliyati haqida ham fikr bildirdi.
Abdulqodir Husanov, 18 yosh, himoyachi
2022 yilgi chempionat: 20 ta uchrashuvda 3 ta gol va 2 ta golli pas
Kelgan jamoasi: “Bunyodkor U-18” (O‘zbekiston)
“Energetik-BGU” 2022 yilgi mavsum oldidan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi himoyachisi Abdulqodir Husanovni o‘z safiga qo‘shib olgan edi. Legionerga aylangunga qadar iste’dodli futbolchi “Bunyodkor”ning o‘smirlar jamoasida o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan xolos.
Minsk jamoasi Husanov bilan rasmiy shartnoma imzolash uchun futbolchining fevral oyida 18 ga to‘lishi kutdi. Ungacha Abdulqodir “talabalar” safida rasmiy bitimsiz mashg‘ulot o‘tkazib turdi.
“Energetik-BGU” rahbariyatini bu o‘yinchining katta futbolda tajribasi yo‘qligi mutlaqa bezovta qilmadi va Belarus oliy ligasida uni boshlang‘ich tarkibda maydonga tushira boshlashdi. Abdulqodir o‘ziga bildirilgan ishonchni to‘liq oqladi.
18 yoshli futbolchining uzoq masofaga to‘pni aniq oshirishi, olisdan bergan aniq va kuchli zarbalari kuchli tomoni hisoblanadi. Aynan mana shu mahorati tufayli markaziy himoyachi uchun ancha yuqori ko‘rsatkich, uchta gol va ikkita golli pas muallifi bo‘ldi.
Bobur Abduxoliqov, 25 yosh, hujumchi
2022 yilgi chempionat: 21 ta uchrashuvda 20 ta gol va 6 ta golli pas
Kelgan jamoasi: “Rux” (Ukraina)
Belarus chempionati to‘purarligiga asosiy da’vogarga aylangan Bobur Abduxoliqov 23 yoshgacha o‘z yurtida “Nasaf” jamoasi sharafini himoya qilgan. O‘zini tarbiyalagan klub tarkibida yetakchilardan bo‘lgan va Osiyo Chempionlar ligasida o‘z nomiga gol yozdirib qo‘yishga ham ulgurgan. Qit’aning eng nufuzli turnirida 15 ta uchrashuvda qatnashib, to‘rtta to‘p kiritgan.
Shuningdek, Bobur 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempioni.
2020 yilgi O‘zbekiston Superligasida 25 ta bahsda 17 ta gol urganidan keyin Ukrainaning “Rux” jamoasi e’tiboriga tushda va bu klub bilan bitim tuzdi. Bu jamoada ishi yurishmagan o‘yinchini asosiy tarkibda debyutini kutmasdan, shartnomani bekor qildi.
Abduxoliqov “Energetik-BGU” ko‘rigidan muvaffaqiyatli o‘tib, klubda qoldi.
Bu tanlov omadli bo‘lib chiqdi. Bobur o‘z gollari bilan “Energetik-BGU”ni yuqori o‘rinlarda ushlab turibdi. O‘zbek legioneriga bir necha xorij ligalaridan taklif bo‘lmoqda. O‘yinchining o‘zi Belarus chempionati sovrindori va to‘purar poygasi g‘olibi bo‘lmoqchi ekanini ta’kidlab kelmoqda.
"Energetik-BGU" Belarus oliy ligasidagi navbatdagi uchrashuvini 2 oktabr kuni o‘tkazadi. Shu kuni Bobur Abduxoliqov va Abdulqodir Husanov o‘z jamoadoshlari bilan birga "Minsk" jamoasi mehmoni bo‘ladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 17:00 da start oladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»