22:06 / 02.10.2022
1 145

Maksim Shatskix: "Nasaf" bugun g‘alabani ko‘proq xohladi"

Maksim Shatskix: "Nasaf" bugun g‘alabani ko‘proq xohladi"
"Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shatskix "Nasaf"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘yin haqida
- Bugun birinchi o‘rinda xohishda yutqazdik. "Nasaf" bugun g‘alabani ko‘proq xohladi. Shu bois mehmonlar yutdi. Birinchi taymdagi o‘yinimiz juda yomon bo‘ldi. Terma jamoa o‘yinlaridan keyin doim shunday bo‘lgan. Terma jamoa yig‘inidan yigitlar charchagan holda yetib kelishdi. Bundan tashqari ayrim futbolchilar bugun bizga yordam bera olishmadi. Ikkinchi taymda o‘zgarishlar qildik, raqibni har tomonlama mag‘lub etdik. Ammo so‘nggi pas bera olmadik. Shunga qaramay ikkinchi taymda birinchisidan yaxshi o‘ynadik.

- Aytdingiz tarkibda yo‘qotishlar bor deb. Shu bois o‘yinni uch markaziy himoyachi bilan boshladingizmi? Yoki "Nasaf" hujumlaridan qo‘rqdingizmi?
- Yo‘q biz hech narsadan qo‘rqmadik. Bizda taktik ishlanmalar ko‘p, istalgan paytda o‘zgartirishimiz mumkin. Kim taktikalarni tushunsa 3-5-2 va 3-4-3 hujumkor sxemalar. Afsuski birinchi taymda markaziy himoyachilar bizning ko‘rsatmalarimizni to‘g‘ri bajarishmadi. Ikkinchi bo‘limda esa taktikani o‘zgartirdik va o‘yinimiz o‘zgardi. Doim o‘zimizga ma’qul taktikani izlaymiz.

- Oldinda yana 6ta o‘yin bor. Himoyadagi yo‘qotishlarni qanday hal qilmoqchisiz? Alijonovning o‘zgarishi jarohat bilan bog‘liqmi?
- Alijonov terma jamoada ikkita o‘yin o‘tkazdi va uzoq safardan uchib keldi. Charchoq alomatlari sezildi. Oldinda oltita o‘yin bor. Hali hech narsa yo‘qotilmadi. Har bir o‘yinda g‘alaba uchun tushamiz. Afsuski endi barchasi bizga bog‘liq emas. O‘yindan oldin aytgandim: Hammasi o‘z qo‘limiz, oyog‘imiz va boshimizda. Mag‘lubiyatsiz g‘alaba bo‘lmaydi.

- Turg‘unboyevni ikkinchi taymda chap qanot lateral sifatida o‘ynatdingiz. O‘yinidan qoniqdingizmi?
- U himoyachi emas, buni bilardik. Ammo o‘z vaqtida bu joyda o‘ynash amaliyoti bo‘lgani uchun shu joyga qo‘ydik. O‘yin bo‘yicha e’tiroz deyarli yo‘q. Himoyada yaxshi o‘ynadi, biroq hujumda yanada faolroq bo‘lishini xohlardim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maksim Shatskix: "Nasaf" bugun g‘alabani ko‘proq xohladi"