
"Ayntraxt" jamoasi funksioneri Kozim Aripov "Paxtakor" - "Nasaf" bahsidan so‘ng "ajdarlar"ni tabrikladi:
"Bugungi bellashuvni stadiondan kuzatib bordim. "Nasaf" futbolchilari ajoyib o‘yin o‘tkazdi. Ularning barchasini muhim o‘yindagi g‘alaba bilan tabriklayman. Chindan ham kuchli jamoa g‘alaba qozondi. Keyingi uchrashuvlarda ham ularga omad tilayman".
Qayd etish lozim, mazkur bellashuvni Kozim Aripov bilan birgalikda niderlandiyalik hamda germaniyalik mutaxassislar ham kuzatib borgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar