Ro‘ziqul Berdiyev va "Nasaf" o‘zining azaliy orzusi ushalishiga juda yaqin turibdi. Chempionlikni deyarli aniqlab beradigan bahsda Qarshi klubi Toshkent mehmoni bo‘ldi. "Sherlar" bu bahsda kamida durangga umid qilgandi, biroq... Saitovning "daydi o‘qi "junglimiz"ning amaldagi qirolini jarohatladi. Hujumda tuzukroq hujum tashkil qila olmagan toshkentliklar mag‘lubiyatga uchrashdi va endi "Nasaf" raqiblariga omad tilashni boshlashadi.
Xo‘sh, endi "Nasaf" chempion bo‘ladimi?
Jadvalda "ajdarlar" eng yaqin ta’qibchisi "Paxtakor"dan 3 ochkoga ilgarilab ketdi. Shu joyda matematikani ishga solmasak bo‘lmaydi. Demak, "Paxtakor" va "Nasaf"da 6tadan o‘yin qoldi. Toshkent klubi o‘zining 6ta bahsida mag‘lub bo‘lmasa "Nasaf"ga 5ta g‘alaba va 1ta durang ham yetarli bo‘ladi. "Bu osonku" deyishingizdan avval "ajdarlar"ning keyingi raqiblariga e’tibor bersak.
09.10. "Nasaf" - "So‘g‘diyona"
19.10. "Qizilqum" - "Nasaf"
26.10. "Nasaf" - "Bunyodkor"
04.11. "Nasaf" - "Dinamo"
12.11. "Nasaf" - "Neftchi"
19.11. "Olimpik" - "Nasaf"
Bu "shovvozlar" orasida "Nasaf"ga kim muammo tug‘dira oladi? Hammasi. "So‘g‘diyona" 3ta frontda kurashni davom ettirmoqda: OFK Kubogi, Superliga, O‘zbekiston Kubogi. Biroq jamoa uchchala musobaqaga bor kuchini sarflay olmaydi, shu sabab Qarshi klubi bu imkoniyatdan foydalanib qolishi mumkin. Buning ustiga o‘yin "ajdarlar" arenasida bo‘lib o‘tadi. "Qizilqum"ga qarshi bahs ham oson bo‘lishi mumkin, chunki jamoaning bosh "snayperi" Temurxo‘ja Abduholiqov "Metallurg"ga qarshi bahsda darvozabonning boshiga oyog‘i bilan zarba berib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgan edi.
Shunday qilib, forvard kamida 2ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilinadi. 26 oktabrda "Qarshi" markaziy o‘yingohi "Nasaf" - "Bunyodkor" o‘yiniga mezbonlik qiladi. "Qaldirg‘ochlar" Ro‘ziqul Berdiyev uchun haqiqiy bosh og‘riq bo‘lishi mumkin. "Navbahor"ni Toshkentda "tiz cho‘ktirgan" "Bunyodkor" jadvalda yuqoriroq o‘rin egallash uchun kurashmoqda. "Nasaf" "lochinlar" kabi ochko uchun shoshib harakat qilmasligi lozim, aks xolda nima bo‘lishini ko‘rdik. Vadim Abramov boshchilik qilayotgan "Dinamo" 4 noyabrda Qarshida mehmon bo‘lishadi va menimcha "Nasaf" raqiblarni yaxshigina "mehmon" qiladi.
Dastlabki 4ta bahs muvaffaqiyatli yakunlanishi ehtimoli katta, ammo "ajdarlar"ning so‘nggi ikki bahsi futbolchilarni nafaqat jismoniy balki ruxiy jihatdan ham qiynab qo‘yishi mumkin. "Neftchi" safida kuchli futbolchilar yetarlicha va ular muhim bahslarda kerakli natijalarni qayd etishmoqda.
"Neftchi" - "Dinamo" 4:1
"So‘g‘diyona" - "Neftchi" 0:0
"Bunyodkor" - "Neftchi" 1:2
"Neftchi" - "Qizilqum" 2:1
"Lokomotiv" - "Neftchi" 1:3
Biroq o‘yin "Qarshi" stadionida o‘tishi ustunlikni "Nasaf"ga og‘diradi.
Taxminimcha, chempionlik masalasi "Olimpik"ga qarshi o‘yinda hal bo‘ladi. Mundial startidan avval chempionatimizda JCH o‘yiniga teng uchrashuv o‘tkaziladi. Temur Kapadze jamoasi "Robin Gud"ga o‘xshaydi. "Nasaf", "Navbahor" va "Paxtakor" kabi grandlardan ochko tortib olgan 23 yoshlilar kutilmaganda "Lokomotiv"ga imkoniyatni boy berib qo‘yishadi. Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari ruhiy bosimni yengib, sovuq kalla bilan maydonga tushishsa, hammasi ko‘ngildagidek bo‘ladi.
"Paxtakor" va "Navbahor"ning keyingi bahslari kimlar bilan?
09.10. "Surxon" - "Paxtakor"
18.10. "Paxtakor" - "Qo‘qon-1912"
24.10. "Paxtakor" - "Lokomotiv"
04.11. "Paxtakor" - "So‘g‘diyona"
11.11. "Paxtakor" - "Qizilqum"
19.11. "Paxtakor" - "Bunyodkor"
09.10. "Navbahor" - "Dinamo"
18.10. "Neftchi" - "Navbahor"
25.10. "Navbahor" - "Olimpik"
05.11. "Lokomotiv" - "Navbahor"
12.11. "Metallurg" - "Navbahor"
19.11. "Navbahor" - AGMK
Vaziyatni ko‘rib turibsiz, hammasi Ro‘ziqul Berdiyevning o‘z qo‘lida. Faqat aqlli o‘yin ko‘rsatib, his-hayajonga berilmasa hammasi qarshiliklar foydasiga hal bo‘ladi.
Jasur Aslanov
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»