
“Paxtakor” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (1:0) “Nasaf” yarim himoyachisi Ivan Solovyov championat.asia sayti muxbiri Nikolay Yegorichevga fikr bildirdi.
- Uchrashuv haqida qanday fikrdasiz? Hammasi murabbiy aytganidek chiqdimi?
- Agar jamoa g‘alaba qozongan bo‘lsa, demak, hammasi joyida bo‘ldi, o‘yin rejasi bajarildi. Eng avvalo “Paxtakor”ning eng katta xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan futbolchilari yopildi. Ularga hech narsa qilishga imkon bermadik. Shunday bois mana shu natijaga erishdik.
- Ushbu g‘alaba evaziga “Nasaf” turnir jadvalida birinchi o‘ringa chiqib oldi. Peshqadamlik qandaydir tarzda jamoaning ruhiy holatiga ta’sir qiladimi?
- Yo‘q, peshqadamlik bizga bosim o‘tkazmaydi. Murabbiy bunga yo‘l qo‘ymaydi. Bizda yaxshi jamoa, yaxshi tarkib bor. Agar kimdir bo‘shashib ketsa, unda hamma xotirjamlik bilan dakki berishi mumkin. Shu sabab biz hech qanday bosimni his qilmaymiz. Xudo hohlasa, mavsumni birinchi o‘rinda tugatamiz.
PaxtakorNasafIvan SolovyovFutbolchilarTurnir JadvaliMurabbiy Fikri O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar