
“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland o‘zi yashayotgan uyiga 50,000 funtga kriokamera o‘rnatdi.
Norvegiyalik to‘purarning bunday qarorga kelishiga o‘yinlardan so‘ng tez tiklanish istagi sabab bo‘ldi. Xoland jismoniy holatiga alohida e’tibor qaratishi bilan ham boshqalardan ajralib turadi.
Odatda, kriokameralar mashg‘ulot bazalari, tibbiy klinikalar va kosmetika markazlarida o‘rnatiladi.
Kriokamerada harorat 200 gradus sovuq bo‘ladi va undan uzog‘i bilan besh daqiqa foydalanish mumkin. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu uskuna organizm to‘qimalarining tez tiklanishiga katta yordam beradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar