1 351
"Bu oldingi g‘alabalarimdan butunlay o‘zgacha bo‘ladi, ular bizni aldashmaydi" - Marko Stanoyevich
“Nasaf” endi chempionatimizda yaqqol favoritga aylandi. Bu gap klubning turnir jadvalida egallab turgan o‘rnidan kelib chiqib aytilmoqda.
Ayniqsa, Toshkentda “Paxtakor”ni har taraflama mag‘lubiyatga uchrata olganidan so‘ng haqli ravishda yakka peshqadamga aylanib oldi. Chunki endilikda 2-o‘rindagi “Paxtakor”dan 3 ochkoga, 3-pog‘onada turgan “Navbahor”dan esa 4 ochkoga ilgarilab ketdi. Shu sababli endi barchasi qarshiliklarning o‘z qo‘lida qoldi.
Jamoa yetakchilaridan biri hisoblangan Marko Stanoyevich jamoasining imkoniyatlari borasidagi savollarga javob qaytardi.
- Marko, “Nasaf”ning “Paxtakor”ga qarshi o‘yinidagi ajoyib o‘yini va g‘alabasi bilan tabriklaymiz. Ayting-chi, qanday taassurotlar qoldi?
- Katta rahmat. O‘zimizni nima kutayotganini bilardik. Axir biz chempionga qarshi o‘ynadik. Shuningdek, ular o‘zlarini qoniqtiradigan natijaga erishish uchun nima qilishlarini ham sezib turdik. Ammo bunga imkon bermadik.
- Endi hammasi “Nasaf”ning o‘z qo‘lida. Nima deb o‘ylaysiz, qolgan o‘yinlarda “Nasaf”da katta bosim bo‘ladimi?
- Hammasi o‘z qo‘limizda va faqat o‘zimizga bog‘liq. Shu boisdan ham “Paxtakor”ga qarshilik qilishga oxirigacha harakat qilamiz. Shuningdek, “Paxtakor”ga qarshi o‘yindagi kabi qolgan bahslarda ham munosib o‘yin ko‘rsatishga intilamiz.
- Darvoqe, adashmasam, faoliyatingizda boshqa chempionlik unvonlari ham bor-a?
- Menda “Sherif” bilan qo‘lga kiritilgan ikkita va “Astana” bilan erishilgan bitta chempionlik bor. Shuningdek, bu klublar bilan birga bittadan Superkubok yutganman. Agar bu mavsumda chempionga aylansak, hech ikkilanmay ayta olamanki, bu oldingi g‘alabalarimdan butunlay o‘zgacha bo‘ladi.
- “Nasaf” ham “Paxtakor”ni yutish orqali chempionlik uchun katta qadam tashladi. Siz 100 foiz ishonasizmi?
- Ha, buning uchun bitta qadam tashlash kerakligini bilib turibmiz. Oldimizda yana o‘yinlar borligini bilamiz. Shu sababdan ham qolgan uchrashuvlarda aslo bo‘shashmasligimiz kerak. Har bir bellashuv biz uchun final kabidir. Bo‘shashishga haqqimiz yo‘q. Keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ryapmiz.
- Darvoqe, klub rahbariyati tomonidan chempionlik qo‘lga kiritiladigan bo‘lsa, qanday bonus va’da qilingan?
- Bizga hech kim biror narsani va’da qilmagan.
- “Nasaf” O‘zbekiston Kubogi yarim finaliga ham chiqqan va bu musobaqada ham g‘oliblik uchun kurashyapti. Agar faraz qiling, Kubok yoki chempionlikni tanlash imkoniyati bo‘lsa, qaysi birini tanlagan bo‘lardingiz?
- Ha, bizni oldinda Kubokning yarim finali kutib turibdi. Asosiysi, bizda uni yutish va finalga chiqish uchun ishtiyoq yuqori darajada. Qisqasi, chempionlik bilan Kubokni yutish uchun astoydil harakat qilmoqchimiz. Ikkalasini uddalasak, yomon bo‘lmasdi.
- Sizga taklif bilan chiqqan klublar ham bo‘ldimi?
- Xizmatimga hali jiddiy qiziqishlar bo‘lgani yo‘q.
- Nima deb o‘ylaysiz, “Paxtakor” endi oldingidek kuchli emasmi?
- “Paxtakor” chempion va buni hurmat qilish kerak. Jamoa tarkibida ancha vaqtdan beri birga o‘ynayotgan futbolchilar talaygina. Ko‘plab o‘yinchilari terma jamoa safida o‘ynaydi. Jamoada o‘zgarishlar bo‘ldi va bu hol klubning o‘yiniga biroz ta’sir ko‘rsatadigan jihat hisoblanadi.
- “Nasaf”ning futbolchilardan oylik maoshlar bo‘yicha qarzi bormi?
- Bizda qarzdorlik doim bo‘lgan va rahbariyat bu masalani ijobiy hal eta olishiga ishonamiz va yana shuni bilamizki, ular bizni aldashmaydi. Bizning vazifa natija qayd etish va klub muxlislarini quvontirishdan iborat! Eng muhimi, biz jamoa sifatida o‘sishda davom etayotganimizdan xursandmiz. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»