
Yevropa Ligasi 3-turi doirasidagi "Roma" - "Betis" uchrashuvi yakuniga yetdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tgan bahsda rimliklar 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvdagi hisobi Mourino shogirdlari tomonidan ochildi. 34-daqiqada "bo‘rilar" penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi va Paulo Dibala undan unumli foydalandi. 40-daqiqada Gvido Rodriges "Betis"ning hisobni tenglashtiruvchi goliga mualliflik qildi. Uchrashuv yakuni arafasida, aniqrog‘i 88-daqiqaga kelib, ispan klubi g‘alaba to‘pini kiritdi. Rodrining ajoyib uzatmasidan keyin Luis Enrike tablodagi hisobni 1:2 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.
"Betis" mazkur g‘alabadan keyin "S" guruhida yaqqol peshqadam bo‘lib oldi - 9 ochko. "Roma" esa 3 ochko bilan 3-o‘rinni band etgan.
Roma Italiya – Betis Ispaniya 1:2
Gollar: 1:0 – 34, penalti Dibala, 1:1 – 40 Rodriges, 1:2 – 88 Luis Enrike.
Roma – Ruy Patrisiu, Chelik (Spinatssola, 5), Smolling, Manchini, Rojer, Matich, Kristante (Kamara, 80), Dzanolo, Dibala (El-Shaaravi, 80), Abraxam (Belotti, 72), Zalevski.
Betis – Bravo, Pesselya, Luis Felipe, Miranda (Moreno, 76), Guardado (Vilyam Karvalyu, 75), Xoakin (Rodri, 60), Kanales, Rodriges, Ruibal, Villian Joze (Iglesias, 75), Fekir (Luis Enrike, 22).
Ogohlantirish: Luis Felipe (29), Bravo (32), Guardado (33), Manchini (71), Pesselya (83).
Chetlatish: Dzanolo (90). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar