22:48 / 07.10.2022
801

Ivan Boshkovich: "Bunyodkor"da ko‘proq o‘z tarbiyalanuvchilari o‘ynashi lozim"

Ivan Boshkovich: "Bunyodkor"da ko‘proq o‘z tarbiyalanuvchilari o‘ynashi lozim"
Coca-Cola Superligasining 21-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Bunyodkor" (1:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
— Birinchi navbatda shuni ta’kidlashim joizki, juda jiddiy raqib bilan to‘qnash keldik. Raqib jamoa standart vaziyatlar yaratishda xavfli jamoa ekanligini bilardik. Yigitlar aytilgan vazifalarni bajarishdi. Biz yuqori pog‘onalarga qaytish uchun kurashamiz. Albatta, o‘yin davomida yetarlicha xatolarga yo‘l qo‘ydik, lekin yigitlarni g‘alaba bilan tabriklamoqchiman. Endilikda kelgusi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz hamda g‘alabali yurishni davom ettirishga harakat qilamiz.

— "Bunyodkor"ga kelganingizda, "qaldirg‘ochlar" xavfli zonaga yaqin edi. Shunga qaramasdan, asosan yoshlar orqali 2 g‘alaba va 1 durangga erishdingiz. Bunday tavakkal qilishdan qo‘rqmaysizmi?
— Biz hozir ham qiyin ahvoldamiz, shunday ekan, qanday qaror qabul qilish mening xohishim. Mening istagim "Bunyodkor" o‘z tarbiyalanuvchilaridan tashkil topishi lozim. Chunki ular o‘tgan o‘yinlarda o‘z iqtidorlarini ko‘rsatib bo‘lishdi. "Bunyodkor" akademiyasida O‘zbekiston terma jamoasining kelajakdagi o‘yinchilari bisyor. Jadvalda yanada yuqoriroq o‘rinlarga ko‘tarilib olsak, ko‘proq yoshlarga imkoniyat bera boshlaymiz.

— Dmitriy Pobulichga nega ishonch bildirmayapsiz?
— Dmitriy singari barcha legionerlar iste’dodli, shunchaki ularni maydonga tushirmayotganimga ayrim sabablar bor. Ba’zi o‘yinchilar kasal bo‘lishgan, boshqalarida jarohat bor. Ular yaxshi formaga qaytgach, maydonga tushirishni rejalashtiryapman".

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ivan Boshkovich: "Bunyodkor"da ko‘proq o‘z tarbiyalanuvchilari o‘ynashi lozim"