Joriy yilning 16 noyabr kuni Toshkentdagi “Paxtakor” arenasida O‘zbekiston va Qozog‘iston milliy terma jamoalari o‘rtasida xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi.
Qozog‘iston futbol federatsiyasi bu ma’lumotni tasdiqlagani haqida Sports.kz nashri ham xabar tarqatdi. Bu borada Qozog‘iston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Magomed Adiyev o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
- O‘zbekiston milliy terma jamoasini “Yevro-2024” saralash sikliga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida juda yaxshi raqib, deb hisoblayman. Bo‘lajak o‘yin murabbiylar uchun juda ko‘p ma’lumot to‘plash imkonini beradi.
O‘zbekiston juda sifatli o‘yinchilarga ega. Yevropa chempionatining saralash uchrashuvlarida ishonch bildiradigan futbolchilarimizning imkoniyatlari va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazib olishni istaymiz. Bo‘lajak o‘yin juda qiziqarli o‘tishiga aminman, - dedi Magomed Adiyev.
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan mutaxassislar Transfermarkt.de portali ma’lumotlari asosida har ikki terma jamoaning eng qimmat o‘yinchilari transfer narxini solishtirib chiqdi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi vakillarining umumiy transfer summasi 25,65 million yevroni tashkil qilmoqda.
Qozog‘iston bosh jamoasiga jalb qilib kelinayotgan futbolchilarning umumiy narxi 17,15 million yevroga teng. Ko‘rinib turibdiki, umumiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha hamyurtlarimiz bo‘lajak raqibdan ancha qimmat turadi.
Transfer summasining qimmatligi bo‘yicha har ikki terma jamoa a’zolari o‘rtasida Eldor Shomurodov yaqqol ajralib turibdi. Ayni paytda “Roma” hujumchisining transfer summasi 8 million yevroga teng.
O‘zbekiston milliy terma jamoasida bu borada ikkinchi ko‘rsatkich Yevropadagi yana bir vakilimiz – Otabek Shukurovga tegishli. Turkiyaning “Fatih Karagyumryuk” jamoasi sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachi uch million yevroga baholanmoqda.
Qozog‘iston milliy terma jamoasining eng qimmat o‘yinchisi Rossiya premer-ligasida SSKA sharafini himoya qilayotgan Baxtiyor Zaynutdinov hisoblanadi. Uning transfer summasi 3,5 million yevroga tenglashtirilgan. Keyingi o‘rinda Rossiya chempioni “Zenit”da o‘ynayotgan himoyachi Nurali Alip qayd etilgan. Uning transfer summasi 1,5 million yevroni tashkil qilmoqda.
O‘zbekiston va Qozog‘iston milliy terma jamoalari o‘zaro olti marotaba to‘qnash kelgan. Shu uchrashuvlardan ikkitasida hamyurtlarimiz, bittasida qo‘shnilarimiz qo‘li baland kelgan. Yana uchta bahsda kuchlar teng kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...