
La Liganing navbatdagi turi doirasida bo‘lib o‘tadigan "Real Madrid" - "Barselona" uchrashuvidan oldin ikki jamoa murabbiylari fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Inter"ga qarshi o‘yin haqida yigitlar bilan gaplashganimiz yo‘q. Mavsumga optimistik ruhda qaraymiz. Men "Barselona"ning ashaddiy muxlisiman. Biror muammo ko‘rayotganim yo‘q. Agar nimadir yuz bersa, ikkilanmasdan ketaman, - deydi Xavi.
"O‘yinga odatdagidek tayyorgarlik ko‘rdik. Ammo "El Klasiko"da qo‘shimcha hissyotlar bo‘ladi. O‘tgan yilgi uchrashuvga jamoani o‘zgacha tayyorlamoqchi bo‘lgandim. Biroq buni uddasidan chiqa olmadim. Kurtua? U kam mashg‘ulot o‘tkazdi", - deydi Achelotti.
Eslatib o‘tamiz La Liganing 9-turidan o‘rin olgan "Real" - "Barselona" o‘rtasidagi uchrashuv 16 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da "Santyago Bernabeu" stadionida bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar