Foto: Getty Images
Braziliya milliy jamoasi va «PSJ» hujumchisi Neymar 2013 yilda qadrdon «Santos» klubidan «Barselona»ga o‘tishda moliyaviy firibgarlik sxemasida ishtirok etgan. Endi uni Barselona shahri sudida kutishmoqda. U jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkinmi?
Jahon chempionatiga bir oy qolganda uning superyulduzlaridan biri korrupsiyada ayblanib, sud mahkamasiga tortiladi. 17 oktabr kuni Barselona shahrida Neymarning «Santos»dan «Barselona»ga shov-shuvli transferi atrofidagi mojaro bilan bog‘liq yakuniy sud jarayoni boshlanadi.
DIS futbol sarmoya fondi va Braziliya professional sportchilar uyushmasi (FAAP) Neymar uchun 5 yillik qamoq jazosi, xuddi shu muddatga diskvalifikatsiya va 149 mln yevro miqdorida jarima so‘ramoqda.
Ispaniya prokuraturasi futbolchi uchun 2 yillik qamoq va 10 mln yevro jarima, shuningdek, onasi uchun 1 yillik, otasi uchun 2 yillik qamoq jazosini talab qilmoqda (DIS har biriga 5 yil so‘ragan).
Ayblanuvchilar ro‘yxatida «Barsa»ning sobiq xo‘jayinlari ham bor – Sandro Rosel va Jozep Bartomeu (o‘sha paytda «Barsa» klubi prezidenti va vitse-prezidenti) uchun DIS 5 yillik qamoq, 7 yillik diskvalifikatsiya va 195 mln yevro miqdorida jarima so‘ralgan.
Ispaniya prokurorlari sal «rahmdilroq», ular faqat Roselni «korrupsiya va firibgarlik»da ayblab, 5 yillik qamoq va 10 mln yevro jarima so‘rashyapti. Shuningdek, «Santos»ning sobiq prezidenti Odilio Rodriges uchun ham 3 yillik qamoqni talab qilishmoqda.
«Santos» va «Barselona» klublariga firibgarlikda ishtirok etgani uchun 7 va 8,4 mln yevro miqdorida jarima, shuningdek, DIS foydasiga 3,2 mln yevro tovon to‘lashi xavf solmoqda.
Neymarning transferi qanday amalga oshirilgandi?
Neymar 2013 yilning may oyida 57 mln yevro evaziga «Santos»dan «Barselona»ga o‘tgandi. Har holda Kataloniya klubi aynan shu raqamlarni e’lon qilgan.
Asosiy masala – bu pullarning manfaatdor tomonlar o‘rtasida taqsimlanishi.
Gap shundaki, 2009 yilda Neymar transfer huquqining 40 foizi Braziliyaning DIS investitsiya jamg‘armasiga (aka-uka Delsir va Idi Sonda tomonidan asos solingan) sotilgan.
2011 yilda Neymar «Santos» bilan 2014 yil yozigacha mo‘ljallangan yangi shartnomani imzolaydi (avvalgi shartnomaga nisbatan muddati 1 yilga qisqartiriladi). Uning tovon puli 65 mln yevro qilib belgilandi. Biroq, unga boshqa klublar bilan muzokara olib borishga ruxsat beriladi.
Shu zahoti «Barselona» paydo bo‘ladi va Sandro Rosel yosh yulduzni 2014 yilda erkin agent sifatida qo‘lga kiritish uchun uning oilasiga 40 mln yevro bonus beradi. Agar Neymar 2014 yilda «Barselona»ga o‘tmasa, 40 mln yevroni qaytarish kerak edi. Futbolchiga 36 mln yevro evaziga 5 yillik shartnoma va’da qilinadi.
Ammo «Barselona» uni erkin agent maqomida qo‘lga kirita olmaydi. 2013 yilda Neymarning shartnomasidagi 65 mln yevro miqdoridagi tovon pulini to‘lashga tayyor boshqa klub paydo bo‘ladi. Natijada, u «Barselona»ga o‘tmay qolishi mumkin edi. Rosel va Bartomeu shoshilinch harakat qilishiga to‘g‘ri keladi.
Ular Neymarga yuqoriroq maosh (besh yilga deyarli 46 mln yevro) va shartnoma imzolash uchun qo‘shimcha 8,5 mln yevro bonusni taklif qilishadi. «Santos» esa 17 mln yevro oladigan bo‘ladi.
Aynan shu shartlar bilan 2013 yil may oyida transfer amalga oshirildi. «Barselona» rahbariyati Neymar transferi uchun 57 mln yevro (Neymarning oilasiga 40 mln + «Santos»ga 17 mln) to‘langanini e’lon qildi (ammo futbolchining oilasi 40 mln olgani oshkor etilmadi).
Hammasi tushunarli, lekin muammo nimada?
DIS investitsiya jamg‘armasi huquqshunosi Paulo Naser Barselonada maxsus matbuot anjumani tashkil etib, da’vo va e’tirozlarini bayon qildi.
• Braziliyalik futbolchining «Barselona»ga transferi aslida 82 mln yevroga teng bo‘lgan, biroq faqat «Santos»ga berilgan 17 mln yevro rasmiy transfer sifatida qayd etilgan;
• Futbolchining oilasi jami 60 mln yevrodan ortiq mablag‘ olgan;
• DIS futbolchiga bo‘lgan huquqlarning 40 foizi uchun atigi 6,8 mln olgan;
• «Barselona» va Neymar pulni tejash, DIS va «Santos»ga 65 mln yevrolik tovon pulini to‘lamaslik uchun o‘zaro 40 mln yevrolik kelishuvni imzolagan;
• «Santos» aytilganidan ko‘proq pul olgan: «Barselona»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazish orqali (4,5 mln yevro), ikkita «futbol sohasidagi hamkorlik» kelishuvi bo‘yicha 8,9 mln yevro va uch nafar futbolchi bilan shartnoma imzolashdagi ustunlik uchun 7,9 mln yevro (bu ustunlikdan hech qachon foydalanilmagan).
Xulosa qilinadigan bo‘lsa, DIS 17 mln yevroning 40 foiziga emas, undan ko‘proq mablag‘dagi ulushga da’vo qilmoqda – «Santos» tomonidan turli yo‘llar bilan olingan kamida 38 mln yevrodagi.
«Neymar ota-onasining roziligi, «Barselona» va «Santos» rahbarlarining hiylasi bilan aka-uka Sonda tomonidan bildirilgan ishonchga xiyonat qildi», deb xulosa qildi advokat.
Prokuratura ehtiroslardan xoli jumlalar bilan izoh berdi: bitimni amalga oshirish jarayonida Jinoyat kodeksining korrupsiya va firibgarlik bilan bog‘liq bir necha moddalari buzilgan. Transferning haqiqiy qiymatini yashirish maqsadida, tomonlar bir nechta turdagi shartnomalar orqali hiyla ishlatish sxemasini o‘ylab topishgan.
Endi Neymar qamaladimi?
Futbolchining oilasi manfaatlarini himoya qiluvchi Amerikaning Baker McKenzie yuridik agentligi advokatlari so‘zlariga ko‘ra, Ispaniya sudi Neymar va uning oilasini jinoiy javobgarlikka tortish vakolatiga ega emas. Chunki harakatlar Ispaniya hududidan tashqarida, Braziliya fuqarolari tomonidan sodir etilgan. Bundan tashqari, taxmin qilinayotgan jinoyatlar Braziliyada jazolanmaydi.
Barselona sudi «PSJ» futbolchisiga sud mahkamasida shaxsan ishtirok etish talabini qo‘ygan. Ammo undan ikki haftaga cho‘zilishi mumkin bo‘lgan mahkamaning barchasida qatnashish so‘raladimi yoki yo‘qmi, noma’lum.
Yevropa sudlari tomonidan ko‘rib chiqiladigan ishlarda bashorat qilish juda qiyin. Ammo DIS Neymarni qamoqqa olinishidan ko‘ra ko‘proq pul undirishdan manfaatdor. Demak, u katta ehtimol bilan ozodlikda qoladi va jahon chempionatida o‘ynaydi.
Agar voqealar rivoji salbiy tus olsa, futbolchining oilasi faqat katta moliyaviy yo‘qotishlarga duch kelishi mumkin, ammo qolgan ayblanuvchilarga nisbatan bunday deyish qiyin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin