Shu kunlarda shaxmat bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 150 ming AQSH dollaridan iborat «Meltwater Champions Chess Tour» onlayn musobaqasi o‘tkazilmoqda.
Jahonning reytingi baland grossmeysterlari g‘oliblik yo‘lida dona surayotgan mazkur musobaqada tezkor shaxmat bo‘yicha amaldagi jahon chempioni hisoblangan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ortda qolgan 8 tur natijalariga ko‘ra, turnir peshqadami bo‘lib turibdi.
N.Abdusattorov ortda qolgan uchrashuvlarda Mittal Aditya (Hindiston), Richard Rapport (Ruminiya), David Anton Guijarroni (Ispaniya) mag‘lub etib, hindistonlik Arjun Yerigaisi bilan durang o‘ynadi.
Kecha tunda o‘tkazilgan partiyalarda ham Nodirbek ancha ishonchli harakat qildi. Faqat 5-turda u hindistonlik Vidit Santoshga qora donalarda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Oltinchi turda boshqa bir hind grossmeysteri Gukesh taslim etildi. Yettinchi partiyada hamyurtimiz qora donalarda o‘ynashiga qaramay, hindistonlik taniqli grossmeyster Pentala Xarikrishnani yengdi.
Sakkizinchi turda yana qora donalarda harakat qilgan Nodirbek reytingda o‘zidan yuqorida borayotgan niderlandiyalik Anish Giri bilan murosaga keldi.
Natijada Nodirbek 5 ta g‘alaba, 2 ta durang va 1 mag‘lubiyatdan so‘ng 24 imkoniyatdan 17 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida yakka peshqadamlikni davom ettirmoqda. Kuchli uchlikdan ozarbayjonlik Shaxriyar Mamedyarov va jahon tojdori Magnus Karlsen joy olgan. Ular hisobida 16 ochko bor. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin