
Foto: La Liga
Ispaniya chempionatining 9-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda yetakchilar «Real» va «Barselona» Madridda to‘qnash kelishdi.
Birinchi bo‘limda Karim Benzema va Federiko Valverde tomonidan kiritilgan to‘plarga ikkinchi bo‘lim so‘ngida Ferran Torres bir bor javob berdi, qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Rodrigo o‘zi ishlagan penaltini golga aylantirgan holda bahs taqdirini hal qildi.
Bu Xavi boshqaruvidagi kataloniyaliklarning La Liga doirasida mehmondagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi.
«Real» ochkolarini 25taga yetkazib, yakkapeshqadamga aylanib oldi. «Barselona» 22 ochko bilan 2-pog‘onaga tushdi.
La Liga. 9-tur
Real — Barselona 3:1
Gollar: Benzema (12), Valverde (35), Rodrigo (90+1, penalti) — Torres (83).
Real – Lunin, Karvaxal (Ryudiger, 89), Alaba, Militao, Mendi, Ryudiger, Modrich (Kamavinga, 78), Kroos, Tchuameni, Valverde, Benzema (Asensio, 89), Vinisius (Rodrigo, 85).
Barselona – ter Stegen, Roberto, Kunde, Garsiya, Balde (Alba, 60), Buskets (Gavi, 60), de Yong, Pedri (Kesse, 83), Levandovski, Dembele (Fati, 73), Rafinya (Torres, 60).
Ogohlantirishlar: Vinisius (30), Modrich (75), Gavi (81), Kesse (90+2).
Real MadridBarselonaLa LigaKarim BenzemaFerran TorresXavi boshqaruvi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar