
Kecha bo‘lib o‘tgan Superliga 22-tur doirasidagi "Lokomotiv" - "Olimpik" uchrashuvidan so‘ng "temiryo‘lchilar" bosh murabbiyi Server Jeparov klub rahbariyati tomonidan iste’foga chiqarildi.
"Lokomotiv" kecha juda muhim bellashuvda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu esa klub rahbariyatining keskin qaror qabul qilishiga sabab bo‘ldi.
Superliga bahslarining qolgan 4ta turiga asosiy poytaxtliklarni taniqli va tajribali mutaxassis Mirko Yelichich boshqaradi. Avstraliyalik murabbiy iltimosiga binoan Denis Korostichenko ham murabbiylar shtabiga qaytib, Yelichichga yaqindan yordam beradi.
SuperligaLokomotivOlimpikServer JeparovMirko YelichichDenis Korostichenko O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar