Eldor Shomurodov yanvarda Italiyaning boshqa klubiga o‘tishi mumkin

Eldor Shomurodov yanvarda Italiyaning boshqa klubiga o‘tishi mumkin
«Roma» hujumchisi Eldor Shomurodov yanvar oyida «Torino»ga o‘tishi mumkin.

Tuttosport nashrining xabariga ko‘ra, Turin klubi o‘zbekistonlik futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqqan. Eldorning o‘zi ham qishda Rim jamoasini tark etishga tayyor ekani aytilmoqda.

Shomurodov joriy mavsum A Seriyada 3 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Yozda ham Eldorga «Torino»dan qiziqish bo‘lgani xabar qilingandi. Shuningdek, «Bolonya», Turkiyaning «Beshiktosh» va «Trabzonspor» jamoalari ham o‘zbekistonlik futbolchini o‘z safida ko‘rishni xohlagandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar