00:00 / 22.10.2022
2 072

Muxlislar Shomurodov transferiga qanday munosabatda?

Muxlislar Shomurodov transferiga qanday munosabatda?
A Seriyaning yangi mavsumida hujum chizig‘ida yetarlicha muammolarga duch kelayotgan “Torino” rahbariyati “Roma”da o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan Eldor Shomurodovni yanvarda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Turinliklar keyingi yillardagi asosiy to‘purari Anrea Belottiga munosib o‘rinbosar qidirmoqda. Belottining o‘zi “Torino” bilan shartnomasi yakunlanganidan keyin “Roma”ga ko‘chib o‘tdi.

Joze Mourino Shomurodovni zaxirada olib qolib, Belottining xizmatidan ko‘proq foydalanmoqda.

“Torino” yanvarda asosiy hujumchi pozitsiyasiga bir nafar forvard oladi. Turinliklar ro‘yxatiga turli jamoalardan bir necha futbolchi nomi kiritilgan. Ular orasida Shomurodov asosiy nomzodlardan hisoblanadi.

Turin klubi muxlislari Shomurodov transferiga munosabat bildirmoqda. E’tiboringizga, italiyalik futbol ishqibozlarining fikr-mulohazalarini havola etamiz.

Diomede: Petanyani olamizmi, Shomurodovnimi?

Jekke: Shomurodovga o‘xshagan o‘yinchi “Torino” uchun ancha qulay. Uni birdaniga sotib olish qiyinligini bilaman, lekin ijara masalasini hal qilsa bo‘ladi. Bu yigitga muntazam o‘ynash imkonini berish kerak.

Def Junior: Jamoa hujumida Pellegri va Sanabriya qolganidan keyin “Torino” oldingi chiziqda muammolarga duch kelishi aniq edi. Endi klub rahbariyati yanvarda kelib, iyun oxirigacha kamida o‘nta va undan ko‘p gol ura oladigan ijrochi topishi kerak.

Petanya “Napoli”dagi tajribasidan keyin so‘nib bormoqda va SPAL darajasiga tushib qoldi. Shomurodov esa, 5-6 ta gol ura olishini ko‘rsatgan.

Xullas, jamoaga jismonan baquvvat markaziy hujumchi kerak. Bu vaziyatda xarajatdan qochmaslik zarur.

Armandingo: Petanyani nima qilamiz? Yaxshisi Shomurodovni olib kelinglar.

Nick: “Torino”da oldingi chiziqda yaxshi o‘yinchilar bor, agar qulay narx aytilsa, Eldorni olib kelish zo‘r variant bo‘ladi.

jabali59: Mourino qanday qilib Shomurodovning o‘yinini ko‘ra olmayapti? Nega Eldorni o‘ynatmayapti? Agar u “Torino”ga o‘tsa, o‘zi uchun ham ancha foydali bo‘ladi. Klub rahbariyati xarajatdan qochmasa bo‘lgani...

Sarlop97: Shomurodov asosiy nishonimiz!

Izohlardan ko‘rinib turibdiki, turinlik muxlislar ham Eldor Shomurodov transferini qo‘llab-quvvatlamoqda. Yanvarda o‘zbek hujumchisini olmoqchi bo‘lgan klublar “Roma” bilan kelishib olishiga to‘g‘ri keladi.

Hozirning o‘zida hamyurtimizga “Torino” va “Bolonya”dan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda. Kuzatida davom etamiz, hammasini vaqt ko‘rsatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Muxlislar Shomurodov transferiga qanday munosabatda?