
31 oktabr — 13 noyabr kunlari Iordaniya poytaxti Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkaziladi.
Bugun musobaqada ishtirok etuvchi O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Iordaniyaga yo‘l oldi.
Murabbiylar shtabining rejasiga ko‘ra, jamoamiz musobaqa boshlangunga qadar Amman shahrida kichik yig‘in o‘tkazib oladi.
Tarkibda Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘smatov, JCH sovrindorlari Abdumalik Xalakov, Madiyar Saidrahimov kabi nomlarni uchratish mumkin.
To‘liq tarkib quyidagicha:
-48 kg: Asilbek Jalilov
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov
-54 kg: Shahzod Muzaffarov
-57 kg: Abdumalik Xalakov
-60 kg: Adhamjon Muhiddinov
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
-71 kg: Havasbek Asadullayev
-75 kg: Saidjamshid Jafarov
-80 kg: Odiljon Aslonov
-86 kg: Shohjahon Abdullayev
-90 kg: Madiyar Saidrahimov
+91 kg: Lazizbek Mullojonov.
Bosh murabbiy: To‘lqin Qilichev
Murabbiylar: Rahmatjon Ro‘ziohunov, Xuan Enrike Tissert, Hamza Avezov, Davron Gafurov.
Boks Bo‘yichaO‘zbekiston TermaOsiyo ChempionatiIordaniya PoytaxtiAmman ShahriOlimpiada Chempioni O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar