
“Roma” sardori va yetakchisi Lorenso Pellegrini “Olimpiko”da o‘tkazilgan va “Napoli”ning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlangan muhim uchrashuvda son mushaklarini shikastlab olgani aniqlandi.
Il Messaggero nashrining xabar berishicha, 26 yoshli futbolchi Yevropa ligasi guruh bosqichining beshinchi turida payshanba kuni XIK jamoasi bilan bo‘ladigan o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Shuningdek, Lorenso 31 oktabrga belgilangan A Seriya doirasida “Verona”ga qarshi o‘tkaziladigan bahsda ham qatnasha olmasligi mumkin.
Pellegrini Joze Mourino jamoasining hujumlarini tashkil qilishda benazir ijrochi hisoblanadi va uning jarohati rimliklar uchun katta yo‘qotishdir.
Pellegrini joriy mavsumda 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, bir juft gol va oltita assist muallifi bo‘ldi.
RomaLorenso PellegriniNapoliA SeriyaYevropa LigasiHujum Tashkiloti O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar