
Yozda Dortmundning “Borussiya” klubidan “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tgan Erling Xoland sobiq jamoadoshlarini unutmaganini ko‘rsatdi.
Norvegiyalik hujumchi Chempionlar ligasi doirasida dortmundliklarga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan so‘ng “Manchester Siti” o‘yinchilarining futbolkasini yig‘ib, ularga avtograf qo‘yib, “Borussiya” futbolchilari va klub ma’murlariga tarqatib berdi.
Ta’kidlash joizki, Xoland do‘stlariga sovg‘a ulashishni yaxshi ko‘radi. Norvegiyalik hujumchi o‘zining taklifiga ko‘ra “Borussiya”dan “Manchester Siti”ga o‘tgan Manuel Akanjiga 14 ming yevro turadigan Rolex soatini hadya qilgandi.
Erling Xoland manchesterliklar safida barcha turnirlarda 16 ta uchrashuv o‘tkazib, 22 ta gol va uchta assist muallifi bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar