01:32 / 01.11.2022
1 692

A Seriya. «Roma» bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan raqibi ustidan irodali g‘alabaga erishdi

A Seriya. «Roma» bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan raqibi ustidan irodali g‘alabaga erishdi
Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 12-turidan o‘rin olgan o‘yinda «Roma» 31 oktabr, dushanba kuni «Verona» mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvning 26-daqiqasida Pavel Davidovich hisobni ochdi. 36-daqiqada esa Davidovichning o‘zi qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Qolgan daqiqalarda «Verona» bir kishi kam bo‘lib harakat qildi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Nikolo Zaniolo hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda rimliklar o‘yinni nazorat qildi va 88-daqiqada Kristian Volpano g‘alaba golini urdi. Hakam qo‘shib bergan daqiqalarda Stefan ash-Sharavi hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.

83-daqiqada Eldor Shomurodov Kamara o‘rniga maydonga tushdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Joze Mourino shogirdlari ochkolari sonini 25 taga yetkazib, 4-o‘rinni egalladi. «Verona» esa 5 ochko bilan 19-pog‘onani band etdi.

«Verona» – «Roma» 1:3
Gollar
: 1:0 – 27 Davidovich, 1:1 – 45 Zaniolo, 1:2 — 88 Volpano, 1:3 — 90+2 Ash-Sharavi
«Verona»: Montipo, Faraoni, Chekkerini (Xin, 46), Gyunter, Davidovich, Depaoli, Velozu (Manyani, 68), Tamez, Ongla (Sulemana, 86), Anri (Jurich, 78), Kallon (Lazanya, 46).
«Roma»: Ruy Patrisiu, Karsdorp, Smolling, Manchini (Matich, 66), Rojer, Kristante (Ash-Shaaravi, 46), Pellegrini, Kamara (Shomurodov, 83), Zaniolo (Volpato, 57), Abraham, Zalevski (Belotti, 57).

Ogohlantirishlar: Chekkerini (20), Kristante (23), Ongla (71), Xin (81).
Chetlatish: Davidovich (36).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » A Seriya. «Roma» bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan raqibi ustidan irodali g‘alabaga erishdi