
Futbol bo‘yicha Chempionlar Ligasining 6-turida C guruhining ikki o‘yini bo‘lib o‘tdi.
«Bavariya» o‘z maydonida «Inter»ni qabul qildi. Uchrashuvning 32-daqiqasida Benjamen Pavar hisobni ochdi. 72-daqiqada esa Erik Maksim Shupo-Moting myunxenliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Shu tariqa Yulian Nagelsmann jamoasi 2:0 hisobida zafar quchdi.
«Barselona» esa «Viktoriya» bilan bahs olib bordi va 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Kataloniyaliklar safida Markos Alonso va Pablo Torre bittadan gol urgan bo‘lsa, Ferran Torres dublni rasmiylashtirdi. Chexiya klubi safida Tomas Xori ikkita gol muallifiga aylandi.
C guruhida «Bavariya» yuz foizlik natija bilan pley-offga yo‘l oldi. «Inter» 10 ochko bilan 2-pog‘onani egalladi. «Barselona» esa 7 ochko jamg‘argan holda Yevropa Ligasiga yo‘l oldi. «Viktoriya» birorta ochko yig‘a olmasdan, guruhni yakunladi.
«Bavariya» – «Inter» 2:0
Gollar: 1:0 – 32 Pavar, 2:0 – 72 Shupo-Moting.
«Bavariya»: Ulrayx, Mazraui (Musiala, 65), Upamekano (Devis, 46), Pavar, Stanishich, Zabitser, Kimmix, Gravenberx, Shupo-Moting (Tel, 73), Mane (Gnabri, 66), Koman (Vanner, 76).
«Inter: Onana, Bellanova, Darmian, de Vrey (Shkrinyar, 76), Acherbi, Gozens, Galyardini (Chalhano‘g‘lu, 60), Barella (Mxitaryan, 60), Aslani, Korrea (Karboni, 76), Martines (Jeko, 60).
Ogohlantirishlar: Zabitser (38), Gozens (40), Kimmix (48), Stanishich (88), Karboni (90).
«Viktoriya» – «Barselona» 2:4
Gollar: 0:1 – 6 Alonso, 0:2 – 44 Ferran Torres, 1:2 – 51 Xori (penalti), 1:3 – 54 Ferran Torres, 2:3 – 63 Xori, 2:4 – 75 Torre.
«Viktoriya»: Stanek, Golik, Geyda, Pernisa, Yemelka (Gavel, 57), Pilarj (Kronus, 88), Vlkanova, Kalvax (Chermak, 78), Yirka, Ndiay (Buxa, 57), Xori (Bassi, 79).
«Barselona»: Penya, Belerin, Pike, Alonso, Alba (Balde, 57), Kessie (Kasado, 67), Torre (Alvaro Sans, 78), Gavi, Rafinya (Dembele, 78), Ferran Torres, Fati.
Ogohlantirishlar: Gavi (42), Ndiay (47), Torre (50), Ferran Torres (90).
S guruhidagi yakuniy vaziyat quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar