
Futbol bo‘yicha Chempionlar Ligasining 6-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 1 noyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
B guruhida «Bryugge» «Bayer» maydoniga safar qildi. Uchrashuvda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. Har ikkala jamoa 1 ochkodan jamg‘ardi.
Guruhning ikkinchi o‘yinida «Portu» «Atletiko» bilan bahs olib bordi va 2:1 hisobida zafar quchdi. Dastlab Mehdi Taremi va Stefen Eushtakiu gol urgan bo‘lsa, o‘yin yakunlanida Ivan Markano o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, hisob qisqarishiga sabab bo‘ldi.
Shu tariqa «Portu» 12 ochko bilan birinchi o‘rinda, «Bryugge» 11 ochko bilan ikkinchi o‘rinda pley-off bosqichiga chiqadigan bo‘ldi. «Atletiko» esa 5 ochko bilan guruhda qolib ketdi. «Bayer»da ham 5 ochko mavjud va qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga Yevropa Ligasi yo‘llanmasiga ega chiqdi.
«Bayer» – «Bryugge» 0:0
«Bayer»: Gradeski, Frimpong, Ta, Tapsoba, Kossunu, Bakker, Andrix, Palasios (Demirbay, 46), Hadson-Odoi (Amiri, 76), Shik (Glojek, 89), Diabi (Adli, 76).
«Bryugge»: Minole, Boyata, Mexele, Meyer, Sobol (Larin, 79), Vanaken, Nilsen, Lang (Olsen, 67), Byukenen, Soua, Jujla (Yaremchuk, 87).
Ogohlantirishlar: Sobol (36), Palasios (43), Andrix (63), Boyata (82), Nilsen (84).
«Portu» – «Atletiko» 2:1
Gollar: 1:0 – 5 Taremi, 2:0 – 24 Eushtakiu, 2:1 – 90 Markano (avtogol).
«Portu»: Diogu Koshta, Markano, Fabiu Kardozu, Sanusi (Vendell, 53), Otavio (Gonsalu Borjesh, 89), Gruyich, Eushtakiu, Pepe (Rodrigu Konseysau, 89), Taremi, Galeno (Bernardu Folya, 89), Evanilson (Toni Martines, 81).
«Atletiko»: Oblak, Molina, Savich, Ximenes, Reynildu, Saul (Karrasko, 60), Vitsel, de Paul, Grizmann, Korrea (Barrios, 85), Joau Feliks (Mateus Kunya, 61).
Ogohlantirishlar: Gruyich (39), Reynildu (42), Savich (48), de Paul (68), Fabiu Kardozu (69).
V guruhidagi yakuniy vaziyat quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:

FutbolChempionlar LigasiPortu AtletikoBryugge BayerO'yin NatijalariGuruh Bosqichi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar