
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining guruh bosqich o‘yinlari yakunlandi.
Birinchi o‘rin egalari: «Napoli» (Italiya), «Portu», «Benfika» (ikkisi Portugaliya), «Bavariya» (Germaniya), «Tottenhem», «Chelsi», «Manchester Siti» (barchasi Angliya), «Real Madrid» (Ispaniya).
Ikkinchi o‘rin egalari: «Liverpul» (Angliya), «Bryugge» (Belgiya), «Milan», «Inter» (ikkisi Italiya), «Borussiya D», «Ayntraxt», «Leypsig» (barchasi Germaniya), «PSJ» (Fransiya).
Yevropa Ligasiga tushib ketganlar: «Ayaks» (Niderlandiya), «Bayer» (Germaniya), «Barselona», «Sevilya» (ikkisi Ispaniya), «Sporting» (Portugaliya), «Zalsburg» (Avstriya), «Shaxtyor» (Ukraina), «Yuventus» (Italiya).
Chempionlar Ligasining pley-off bosqichiga qur’a tashlash marosimi 7 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Qur’ada guruh bosqichida birinchi o‘rinni egallagan jamoalar birinchi savatchaga joylashtiriladi, ikkinchi o‘rin sohiblar esa ikkinchi savatchadan o‘rin oladi. 1/8 finalda bir chempionat vakillari va guruhda birga harakat qilgan jamoalar o‘zaro to‘qnash kelmaydi.
FutbolYevropa Chempionlar LigasiGuruh BosqichiJamoalar Ro‘yxatiPley-Off BosqichiQur’a Tashlash O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar